Meril Rogge Marni’da
Yangi ijodiy direktor

Only The Brave (OTB) moda guruhi belgiyalik dizayner Meril Roggeni Marni brendining ijodiy direktori lavozimiga tayinlanganini rasman e’lon qildi. Brend bayonotida OTB asoschisi va direktorlar kengashi raisi Renso Rosso Merilning yondashuvi kompaniyani qanday ilhomlantirgani haqida shunday deydi: “Meril bizni Marni merosiga bo‘lgan sezgirligi, shuningdek, global miqyosda brendning barcha jihatlarini qamrab olgan zamonaviy qarashlar bilan lol qoldirdi”.