Michael Kors pop-up maydonini ochdi
Parijdagi eng katta sumka

Galeries Lafayette Champs-Élysées‘da afsonaviy Hamilton sumkasining yangilangan versiyasiga bag‘ishlangan Michael Kors installyatsiyasi ochildi. Uning markazida — balandligi 4,5 metrni tashkil etuvchi shokilali ulkan Hamilton Moderne sumkasi. Ilk bora 2009-yilda namoyish etilgan bu modelning yaralishi qiziq bo‘lgan: dizayner eski-tuskilar sotiladigan bozorda vintaj sayohat sumkasiga duch keladi va bu sumkadan ilhomlanib Hamilton Moderne‘ni o‘ylab topadi. 2025-yil kuz mavsumida mazkur model yangi gorizontal ko‘rinishda qayta namoyon bo‘lib, sayohat ruhini ifodalovchi kampaniya timsoliga aylandi.
Mehmonlar kuzgi to‘plam reklamasi o‘rnatilgan tunneldan o‘tib, vintaj mehmonxona uslubidagi peshtaxtada ro‘yxatdan o‘tishadi hamda yutuqqa sumka qo‘yilgan o‘yinda ishtirok etishadi. Pop-up do‘konida shampan vinosi bilan ziyofatlar tashkillashtiriladi, jonli musiqa yangrab turuvchi bar hamda aksessuarlarga mijoz hohishiga ko‘ra ishlov beruvchi ustaxona ishlab turadi. Ko‘rgazma 22-sentyabrgacha davom etadi.