Miss Dior Shanxayda o‘z eshiklarini ochdi
San’at installyatsiyalari va yangi ifor

13-sentyabr kuni Fosun Foundation‘da Miss Dior L‘Essence atirining taqdimotiga bag‘ishlangan Miss Dior ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Maskan brend ruhida bezatilib, unda Natali Portmanning arxiv tasvirlari hamda oltita zamonaviy xitoylik rassomning installyatsiya, tasviriy san’at va haykaltaroshlik asarlari namoyish etilmoqda. San’atkorlar ayollik jozibasi, tabiat va his-tuyg‘ular mavzularidan ilhom olishgan. Ko‘rgazma 8-oktyabrgacha davom etib, uni ma’ruzalar, mahorat darslari va iforlar taqdimotlari boyitadi. Dior moda, san’at va parfyumeriyani uyg‘unlashtirib, Osiyo madaniy hayotidagi ishtirokini kengaytirishda davom etmoqda.