Miu Miu‘dan Miutine

L‘Oréal litsenziyasi ostidagi ilk ifor

18 Avg 2025
Foto: Instagram / Miumiu

Miu Miu yangi ayollar atiri Miutine‘ni taqdim etdi. Mazkur parfyum brendga xos bo‘lgan dadillik va o‘ziga xoslik ruhini ifodalaydi. Reklama kampaniyasining yuzi sifatida Miu Miu‘ning uzoq yillik elchisi bo‘lgan mashhur aktrisa Emma Korrin tanlandi. Uni “The Crown” va “A Murder at the End of the World” seriallari orqali yaxshi taniysiz. Ifor Mara des Bois qulupnayi, gardeniya, burbon vanili notalarini o‘zida mujassamlashtiradi Yorqin va nozik aksentlar uyg‘unligi esa atirning klassik asosiga o‘zgacha, zamonaviy ruh bag‘ishlaydi. Atir idishi Miu Miu‘ga xos bo‘lgan ko‘rinishda ishlangan: u matelassé uslubida bo‘lib, havorang qutiga joylangan. Miutine 22 avgustda butun jahon bo‘ylab sotuvga chiqariladi. Narxi 36 dollardan 172 dollargacha bo‘lishi kutilmoqda.

Maqolani baham ko'ring

Related articles