“Moda malikasi”
Izabella Blou haqidagi biopikning suratga olish ishlari yakunlandi

Buyuk Britaniyada “Moda malikasi” filmining suratga olish ishlari nihoyasiga yetdi. Bu afsonaviy moda muharriri va Aleksandr Makkuinning ustozi Izabella Blou haqidagi biografik tasmadir. Rejissyor Aleks Marks o‘zining ilk to‘liq metrajli asari ustida to‘qqiz yil ishladi. Kartinaning 2025-yil oxiri, 2026-yil boshida chiqishi rejalashtirilgan. Syujet “Blow by Blow” kitobiga asoslangan bo‘lib, Blouning Londondan Amerika “Vogue” jurnaligacha bo‘lgan yo‘lini qamrab oladi. Bosh rollarni Andrea Rayzboro va Jo Koul ijro etishgan. Makkuinning 1994-yil bahorida o‘tkazilgan “Nihilism” nomli ko‘rgazmasi filmdagi markaziy voqeasiga aylandi. Kiyimlarning 80 foizi Dafna Ginnes arxividan olingan.