Moda ringida: boks uslubidagi krossovkalar kuzning asosiy trendi sifatida

Sport zalidan podiumgacha — boks krossovkalari 2025 yil garderobining ajralmas qismiga aylandi

21 Avg 2025
fotо: Spotlight / Loewe

Ilgari faqat ringda uchratish mumkin bo‘lgan poyabzal kuz faslida yana urfga kirmoqda. Qo‘nji baland, mahkam bog‘ichlangan va tekis tagcharmli bu krossovkalar endi faqat sport anjomi bo‘libgina qolmay, ilg‘or brendlar to‘plamlaridan o‘rin olgan poyabzalga aylandi. Uning tezlik va barqarorlik uchun yaratilgan qulay dizayni kundalik qiyofalarda kuchli inson shamoyilini yaratishga xizmat qiladi. 

Trend bahor-yoz 2025 podiumlarida paydo bo‘ldi. Dior kalta ko‘ylak va yubkalar bilan mos tushuvchi tizzagacha bo‘lgan modellarni taklif etdi.

fotо: Instagram / Dior

Chloé bo‘lsa Kick High Top krossovkalarining oddiy kedalardan bir oz baland, ustki qismi yumshoq, lekin shakli aniq bo‘lgan variantini taqdim etdi.

fotо: Spotlight / Chloe

Loewe o‘zining Ballet Runner arxiv modeli qo‘njini balandlatdi hamda unga yengil retro ko‘rinish bergan holda yangi talqinda namoyish etdi.

fotо: Spotlight / Chloe

Stella McCartney esa Adidas bilan birgalikda Rasant Unisex Trainer krossovkasini ishlab chiqdi — bu model tepagacha chiqadigan bog‘ichlari bois ham sport uslubiga, ham rasmiyroq qiyofaga oson mos tushadi.

foto: Spotlight / Stella McCartney

Nega boks uslubidagi krossovkalar tez ommaviylashib ketdi? Buning sabablari bir nechta. Birinchidan, ularning qulay dizayni: bunda har bir detal puxta o‘ylangan. Ikkinchidan, universalligi: tepagacha chiqadigan bog‘ichlari va tekis tagcharmi nafaqat palto va mini yubkalar, balki jinsi va shoyi ko‘ylaklar bilan ham mos tushadi. Uchinchidan, bir-biridan keskin farq qiladigan ko‘rinish yaratishi — oyoq kiyimning qo‘pol shakli matolarning nozikligini, ust kiyimning hajmini yoki g‘ayrioddiy nisbatlarni yanada bo‘rttirib ko‘rsatadi. 

Bugun boks uslubidagi krossovkalar garderobning tor doiradagi elementi emas. Shahar uslubiga yaxshi moslashgan bu poyabzalning bugun jiddiy qora modellardan tortib, rangli bog‘ichlar va bezaklarga ega yorqin ko‘rinishdagilarichaga turfa xillari ishlab chiqarilmoqda. Bu krossovkalarni mini yubkalar va ko‘ylaklar bilan ham, keng jinsilar yoki sport uslubidagi shortiklar bilan, salqin havoda bo‘lsa palto, trench yoki oversayz-bleyzer bilan moslab kiyish mumkin.

Bir mavsumning o‘zida bu krossovkalar sport poyabzalidan keda va botinkalar o‘rnini to‘laqonli bosa oluvchi oyoq kiyimga aylandi va bu maqomda hali uzoq qolishining ehtimoli yuqori.

fotо: Instagram / Bronxshoes

Maqolani baham ko'ring

Related articles