Moda uylari Rimni tanlashmoqda
Shahar moda ko‘rgazmalarini o‘tkazishda Milan bilan raqobatlashmoqda

Rim moda namoyishlari uchun mashhur joyga aylanmoqda va unda 2025-yil Dior, Fendi, Dolce&Gabbana kabi yirik moda uylarining shousini o‘tkazish rejalashtirilgan. Dior va Dolce&Gabbana kruiz kolleksiyalarini namoyish etadi, Fendi moda uyining 100 yilligini nishonlaydi.