Moda uylaridagi yangi dizaynerlar
2025-yilda nimalar kutilmoqda

Joriy yil moda olami uchun muhim bo‘lishi kutilmoqda, chunki bir vaqtning o‘zida bir nechta yirik brendlar yangi ijodiy direktorlarning kolleksiyalarini taqdim etadi.
Dior’da Jonatan Anderson erkaklar liniyasi dizayneri lavozimida Kim Jonsning o‘rnini egalladi va iyun oyida o‘zining birinchi kolleksiyasini namoyish etadi. Celine’da Maykl Rayder 6-iyulda o‘z debyutini amalga oshiradi va brendni an’anaviy podium ko‘rgazmasi formatiga qaytaradi. Shuningdek, Maison Margiela ham Glenn Martens bilan yangi davrga qadam qo‘ymoqda, u Parij yuqori moda haftaligi doirasida o‘zining birinchi to‘plamini taqdim etadi.