Moncler “City of Genius” shousini o‘tkazdi
Loyiha doirasida A$AP Rocky, Jil Sander va Rik Ouens bilan hamkorlik o‘rnatildi
![](https://elleuzbekistan.com/wp-content/uploads/2024/10/Dizajn-bez-nazvaniya-3-13.png)
Italiyaning Moncler modalar uyi “City of Genius” shousini o‘tkazdi. Brend taxminan 30 ming kvadrat metr maydonga ega butun bir shaharcha qurdi.
Loyiha doirasida “A$AP Rocky”, “Jil Sander” va “Rik Ouens” kollaboratsiyalari namoyish etildi. “Edvard Enninful”, “Gilda Farm” hamda “Donald Glover” interaktiv installyatsiyalarni tayyorladilar.
Palm Angels shou uchun maxsus karting maydonchasini yaratdi. Nigo esa yangi Mercedes-Benz x Moncler – G-Class Past II Future avtomobilining dizaynini taqdim etdi. Bundan tashqari, dizayner yangi liboslar kolleksiyasini namoyish etdi.
Mehmonlar orasida Enn Xeteuey, Remo Ruffin, Janubiy Koreyaning &team guruhidan Key (K) va boshqalar bor edi.