Monka Barbaro
Dior’ning yangi ambassadori

“A Complete Unknown” filmida mashhur qo‘shiqchi va bastakor Joan Baezni gavdalantirgan, “Oskar” mukofotiga nomzod ko‘rsatilgan aktrisa Monka Barbaro Dior ambassadori bo‘ldi.
“Bolaligimdan beri moda va uning san’at sifatidagi taraqqiyoti menga ilhom berib kelgan. Mening nazarimda, Dior ramziy o‘ringa ega. Nafislik, mahorat va ayollik go‘zalligini ulug‘lashning oltin me’yori hisoblangan uyda ishlash men uchun katta Sharaf”, – dedi Barbaro.