Mudborddan ilhomlangan buketlar: 2025-yilning 6 ta floristika trendi
Klassikadan noodatiy g‘oyalargacha — bu yil qanday buketlar trendda va o‘zingizga mosini qanday tanlash mumkinligini ko‘rib chiqamiz

2025-yilda to‘y buketi — bu shunchaki obrazga chiroyli qo‘shimcha emas. Bu vizual bayonot, ta’m, kayfiyat va butun kunning uslubini aks ettiruvchi detal. Asosiy trend? Individuallik. Har qanday holatga mos universal kompozitsiyalar haqida unuting — endi xarakterga ega buketlar urfda: vintage va “sezgir” buketlardan tortib sirli romantikagacha, yoki mutlaqo toza minimalizmgacha.
Gullar yana ifoda vositasiga aylanmoqda. Ular kayfiyat beradi, g‘oyani ochib beradi, libos, joy va hatto to‘y saundtreki bilan muloqotni davom ettiradi.
1. Oq aksent
Oq rang hali ham zamonsiz, lekin 2025-yilda u yangicha — yanada toza, sodda va ifodali. Pion, gortenziya, atirgul, liliya — tabiiy yumaloq shaklda, yorqin detallsiz, ortiqchasiz. Bunday buket xuddi: “Men soddalikni tanladim — va shu bilan hammasini aytdim”, degandek.

foto: instagram \ @ohmariaflores
2. San’atkorona ishora
Assimmetriya, noyob navlar, kutilmagan ko‘katlar va noodatiy shakllar — bu eng yorqin trendlardan biri. Bunday buketlar xuddi installyatsiyadek, ichki tuyg‘uga quloq solib yig‘ilgandek ko‘rinadi. Gullar turli tekisliklarda bir-biri bilan “suhbatda” bo‘ladi. Bu — qoidalarni buzishdan qo‘rqmaydigan, o‘zini ochiq ifoda etishni xohlaydigan kelinlar uchun tanlov.

foto: instagram \ @ohmariaflores
3. Gullagan dala
Dala gullari bilan buketlar — bu samimiylik, tabiiylik va faslni nozik his qilish haqida. Romashka, g‘o‘zagul, lavanda, beda — go‘yo ertalabki daladan terilgandek. Bu tasodifiy emas, balki “yovvoyi” flora uslubida puxta o‘ylangan stilizatsiya. Ayniqsa, ochiq osmon ostida o‘tkaziladigan boho, rustik yoki vintage ruhidagi to‘ylar uchun juda mos.

fotо: instagram \ @sarbostudio
4. Minimalizm — bu uslub
Soddalik oldinga chiqmoqda. 4-5 turdagi gullar — kalla, orkideya, nartsisslar qat’iy, aniqlik bilan joylashtirilgan. Bunday buket diqqatni chalg‘itmaydi — u uni to‘playdi. Muhimi miqdor emas, balki arxitektura: gullar qanday joylashgan, qanday chiziq hosil qilgan. Bu turdagi floristika aksenti minimalistik liboslar va zamonaviy marosim dizayni bilan ajoyib uyg‘unlashadi.

foto: instagram \ @yr_floral_co
5.Qorong‘i romantika
2025-yilning yorqin floristika trendlaridan biri — chuqur, to‘yingan ranglardan foydalanish. Bordo, baqlajon, q uyuq olxo‘ri, qora va tutunli binafsha asosiy yoki dramatik aksent sifatida ishlatiladi. Bunday buketlar obrazga chuqurlik va sirli kayfiyat qo‘shadi — ayniqsa, kuz va qish mavsumlarida ayniqsa ta’sirli ko‘rinadi.

fotо: instagram \ @sophiewilde_
6. Buket o‘rniga gullik sumka
2025-yilda aksessuar va buket o‘rtasidagi chegara yo‘qolmoqda — zamonaviy kelinlar guldan yasalgan sumkani tanlamoqda. Bu shunchaki go‘zallik emas, bu uslub bayonoti. Jonli gullardan tikilgan nafis koptok butun obrazga o‘zgacha xarakter bag‘ishlaydi.

foto: instagram \ @madelineanne_creator