Mugler kapsula kolleksiyasini taqdim etdi

Kampaniya elchisi aktrisa Sharon Stone bo‘ldi

Foto: instagram / muglerofficial

Mugler 1985-2000-yillardagi brend arxivlaridan ilhom olib, 24 ta obrazdan iborat “Re/Edit” nomli kapsula kolleksiyasini taqdim etdi. Kampaniya yuzi sifatida aktrisa Sharon Stone tanlandi – u 1992-yilda ham Mugler bilan hamkorlik qilgan edi.

Kolleksiya ramziy siluetlar va ayollik kuchining zamonaviy talqinini o‘zida mujassam etgan. Bu chiqish brendning yangi bosqichi bilan bog‘liq: 2026-yil bahorida ijodiy direktor Migel Kastro Freytas o‘z debyutini amalga oshiradi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles