Mugler va Gentle Monster brendlari qo‘shma kollaboratsiyasini taqdim etdi
To‘plam Thierry Muglerning Les Insectes kutyur yo‘nalishi asosida yaratilgan
Mugler modalar uyi koreys brendi Gentle Monster bilan birga Thierry Mugler Les Insectes (“Hasharotlar”) kutyur yo‘nalishi asosida yaratilgan qo‘shma kollaboratsiyasini taqdim etdi. Kapsula GM brendining o‘ziga xos uslubi va an’anaviy xususiyatlarini o‘z ichiga birlashtirgan.
Lineyka ikkita asosiy gardish modellaridan tashkil topgan. Birinchisi SPIRAL 01 modeli bo‘lib, u 1997-yilda Les Insectes kutyur yo‘nalishi tomonidan chiqarilgan Mugler brendining Fourmis ko‘zoynaklaridan ilhomlanib yaratilgan. Ikkinchisi SPIRAL 02 modeli esa relyefli chiziqlar va yon tomonidagi xromli logotiplari bilan ajralib turadi.
Ko‘zoynaklar joriy yilning 18-iyulidan sotuvga chiqariladi.