Muhabbat shahrida sport
Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi
Fransiya poytaxti Parij shahrida 11-avgustgacha davom etadigan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining boshlangani haqida butun dunyo gapirmoqda. Shaharning asosiy tashrif qog‘ozi bo‘lgan Eyfel minorasi Olimpiya o‘yinlarining asosiy ramzi - beshta halqa bilan bezatilgan. G‘alaba arkasi esa Paralimpiya o‘yinlari timsollari - uchta yarim oy bilan bezatilgan. Olimpiadaning bosh moda homiysi LVMH konglomerati hisoblanadi.
Tarixiy ma’lumotlar
Fransuzlar uchun bu mamlakat tarixidagi uchinchi Olimpiada. Parij uchun birinchi va butun dunyo uchun ikkinchi hisoblangan yozgi o‘yinlar 1900-yilda bo’lib o‘tgan, 1924-yilda esa Fransiya VII Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazgan. Ta’kidlash joizki, 1900-yilda Parij ayollarni musobaqalarda ishtirok etishga ruxsat bergan birinchi shahar bo‘lgan. 1924-yilda esa, roppa-rosa yuz yil avval, Parij 3000 dan ortiq sportchilarni qabul qilgan, ulardan 100 dan ortig‘i ayollar bo‘lgan.
Keng miqyosda
Bu yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarida 205 ta delegatsiyadan 10 ming 500 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Musobaqalar 32 ta sport turi bo‘yicha o‘tkazilib, bu yil ular orasida yangilari sifatida qoyaga chiqish, skeytbord, breyking va serfing sport turlari qo‘shildi. 19 kun ichida 329 ta musobaqa bo‘lib o‘tadi va 329 ta medallar to‘plamlari o‘z sovrindorlarini kutmoqda.
Ekologik
Ochilish marosimi birinchi marta stadiondan tashqarida bo‘lib o‘tdi. Tantananing butun yo‘nalishi Sena daryosi bo‘ylab 6 kilometrni egalladi. Daryo suvi suzish uchun yaroqli bo‘lishi maqsadida uni tozalashga milliard yevrodan ortiq mablag‘ sarflandi. O‘yinlar yakunlangach Olimpiya va paralimpiya qishloqlarida, 8 mingdan ortiq daraxt ekiladi. Har bir Olimpiya va Paralimpiya inshootlarida 100 foiz qayta tiklanuvchi energiya ishlatiladi.
Programma
Milliy terma jamoalari Sena daryosining ikki tomonida to‘plangan 300 000 tomoshabinga salom berib, barjalarda 6 km masofani suzib o‘tishdi. Marosimni sahnalashtirish uchun Tomas Jolli mas’ul bo‘ldi. Tomas La Piccola Familia teatr guruhining badiiy rahbari. Tadbirga tayyorgarlik ko‘rish uchun 18 oydan ko‘proq vaqt ketdi. Xoreograf Aleksandr Ekman Tomas Jolli bilan birga ishlagan. Barcha 205 ta delegatsiya o‘z mamlakatlarining milliy liboslarini namoyish etib, haqiqiy "moda namoyishi"ni tashkil qilishdi.
Shouni jahon chempioni va dunyoning eng mashhur futbolchilaridan biri Zinedine Zidane Olimpiada olovini metro orqali yetkazib, keyin uni qayiqda Trakadero maydoniga yo‘l olgan bolalariga topshirdi. Uylarning tomlari bo‘ylab harakatlanib, Eyfel minorasi tomon yo‘nalgan niqobli mayoqchining paydo bo‘lishi terma jamoalarning paradini yanada boyitdi.
Parad davomida estrada yulduzlarining chiqishlari bo‘lib o‘tdi: Lady Gaga Mon Truc En Plume qo‘shig‘ini ijro etdi, undan keyin fransuz metal guruhi Gojira Mariya-Antuanettaning qatl etilishi haqidagi hayratga soluvchi chiqishni namoyish etdi, fransuz xonandasi Juliette Armanet yonayotgan royal fonida Jon Lennon Imagine afsonaviy qo‘shig‘ini ijro etdi.
Parad oxirida Sena daryosida Eyfel minorasi tomonga suvda sakrab borayotgan temir otliq ayol paydo bo'ldi, bu fransuz qahramoni Janna d'Arkga ishora edi. Niqobli sirli mash’aldor Olimpiya olovini Zidanega uzatdi. Keyin estafetani ispaniyalik tennischi, "Rolan Garros" chempioni Rafael Nadal qabul qildi. Keyingi mash’alani olib borgan sportchilar Serena Williams, Tony Parker va Amelie Mauresmo bo‘ldi. Fransuz sportchilari - dzyudochi Teddi Riner va yuguruvchi Mari Joze-Perek mash’ala uzatishni yakunladilar va Olimpiya olovini yoqdilar.
Olov yozgi o‘yinlar oxirigacha havoda osilib turuvchi ulkan sharni osmonga ko‘tardi.
Butun marosim Eyfel minorasi balkonida Edit Piafning "Sevgi madhiyasi"ni ijro etgan Celine Dionning zafar qozonib qaytishi bilan yakunlandi.