Mukammal kelincha makiyaji

Vizajist bilan muloqot sirlaridan orzudagi qiyofagacha

foto: instagram \ @puthbrooke

To‘y kuni o‘zingizni nafaqat chiroyli ko‘rsatish, balki chinakam go‘zal his etish ham orzu qilinadi. Ammo ba’zan kelinlar o‘z makiyajidan qoniqmay qolishadi — bu esa kayfiyatga ham, kameralar qarshisidagi ishonchga ham ta’sir qiladi. Sababi oddiy: kutgan tasavvur bilan vizajistning rejasida tafovutlar bo‘lishi mumkin. Bu tafovutlarni kamaytirish uchun kelin va mutaxassis o‘rtasidagi muloqot to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi zarur. Mana, shu borada yordam beradigan bir necha oddiy qadamlar.

fotо: instagram \  @nikki_makeup

1-qadam. Vizajistga sinov uchrashuvi

To‘y kuni ertalab — vaqt eng tez o‘tadigan, atrofdagilar shoshayotgan, kelin esa bir nechta ishni birga bajarishga urinayotgan on. Bunday paytda aniq va batafsil tushuntirish, jarayonni kuzatib borish hamda o‘z istaklarini o‘z vaqtida aytish qiyinlashadi. Shu bois, qo‘shimcha sinov uchrashuvi — eng yaxshi yechim. Bu orqali kelin o‘z xohishlarini tinch sharoitda tushuntiradi, vizajist esa uslub va texnikasini ko‘rsatadi. Eng muhimi, tomonlar bir-biriga mos keladimi-yo‘qmi, oldindan aniqlanadi.

fotо: instagram \ @patidubroff

2-qadam. Teriga oldindan parvarish

Mukammal makiyaj faqat dekorativ kosmetikaga emas, balki terining holatiga ham bog‘liq. Silliq, tabiiy ko‘rinish uchun teri tayyor bo‘lishi shart. Buning uchun oldindan: yumshoq skrab va ishonchli niqoblar; namlantirish va tozalash vositalari; g‘uasha massaji (shishlarni kamaytirish uchun); eng muhimi — yetarli uyqu.

Yodda tuting: makiyaj eng yaxshi natijani parvarishlangan, sog‘lom terida beradi.

3-qadam. Rasmiy misollar (referenslar) bilan boshlash

Orzudagi makiyajga erishish uchun kelin avvalo o‘zi nimani xohlayotganini aniq bilishi lozim. Chunki “hammasini vizajistning o‘zi biladi” degan yondashuv ko‘pincha hafsalani pir qiladi. Har kimning “tabiiy makiyaj”, “ozgina yaltiroq” yoki “yumshoq rumyan” haqidagi tasavvuri turlicha. Shuning uchun: yoqqan makiyaj suratlarini to‘plang; vizajist bilan ularning sizga mos kelishini muhokama qiling; ko‘z shakli, yuz tuzilishi va teri rangiga e’tibor qarating.

fotо: instagram \ @nicolaannepeltzbeckham

fotо: instagram \ @nicolaannepeltzbeckham

To‘y kuni ertalab kayfiyat va ishonch asosan tayyorgarlik sifatiga bog‘liq. Shu bois, hamma jarayonlarni oldindan rejalang, yoningizda ishini yaxshi biladigan mutaxassislar bo‘lsin. Ochig‘ini ayting, fikrlaringizni yashirmang — shunda orzudagi kelincha qiyofangiz nafaqat suratlarda, balki hayotingizdagi eng muhim kunning esdaliklarida ham mukammal bo‘lib qoladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles