«Muloqot: meros va nigoh» ko‘rgazmasi
Georgiy Brimning 90 yilligiga bag‘ishlanadi

O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida 18-sentyabr kuni adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti sovrindori, mashhur teatr rassom-ssenografi Georgiy Brimning 90 yilligiga bag‘ishlangan "Muloqot: meros va nigoh" ko‘rgazmasi ochiladi. Brim sahna bezagini "teatr ssenografiyasi" degan falsafiy tushunchaga aylantirdi va bugungi kungacha rivojlanib kelayotgan milliy maktabga asos soldi. Georgiyning eng mashhur spektakllari qatoriga "Og‘ir ayblov", "Asr dramasi", "Shoh Edip", "Mariya Styuart", "Oltinchi iyul" kabi asarlar kiradi. Ko‘rgazmada Brimning o‘zi hamda uning izdoshi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Shuhrat Abdumalikovning ishlari namoyish etiladi.