Nargislar o‘smaydigan yerda
Muhammaddiyor Mo‘minov ko‘rgazmasi

16-avgust kuni soat 20:00 da Nukus89 maydonida o‘zbekistonlik rassom Muhammaddiyor Mo‘minovning shaxsiy ko‘rgazmasi start oladi. Ekspozitsiya bir hikoya bilan bog‘langan 11 ta yangi asarni o‘z ichiga oladi. Yosh ayolning taqdiri ikki nuqtai nazardan – o‘zining va tashqi kuzatuvchining nigohi bilan hikoya qilinadi. Har bir kartina shaxsiy haqiqat va o‘zgalar qarashlari o‘rtasidagi chegara qayerdan o‘tishini aniqlashga urinishdir. Asarlar turkumida Mo‘minovning asosiy mavzusi – ayol subyektivligi va uning tashqi cheklovlar bilan to‘qnashuvi aks ettirilgan. Ko‘rgazma 21-sentyabrgacha davom etadi.