Nikol Kidman 57 yoshga to‘ldi
Aktrisa qaysi jihatlari bilan mashhur bo‘lganini eslab o‘tamiz

Nikol Meri Kidman – avstraliya-amerikalik aktrisa, qo‘shiqchi, produuser hamda UNICEF xayriya elchisi. U 2003-yilda “Soatlar” filmidagi Virjiniya Vulf roli uchun “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Gollivudning “Shuhrat xiyoboni”da uning nomiga atalgan yulduz mavjud. Kidman ilk bor 16 yoshida “O‘rmondagi Rojdestvo” (1983) filmida rol ijro etgan. Keyinchalik Fillip Noysning “O‘lik sukunat” (1989) trillerida suratga tushgach, Gollivudning sevimli aktrisasiga aylangan.
Karyerasi davomida u yuzdan ortiq film va seriallarda ishtirok etishga erishgan. Uning eng mashhur ishlari qatoriga “Boshqalar”, “Dogvill”, “Monako malikasi”, “Katta kichkina yolg‘on” va 2002-yilda eng yaxshi ayol roli uchun “Oskar” mukofotini keltirgan “Soatlar” filmlari kiradi.