No filters: fotoshop effektli upa

Ortiqcha harakat talab qilmaydigan mukammal teri

13 May 2025
foto: instagram \ @nikki_makeup

Filtrlarsiz silliq, baxmalsimon teri – zamonaviy upalar tufayli allaqachon haqiqatga aylangan orzu. Bu mahsulotlar nafaqat pardozni mustahkamlaydi, balki yumshoq fokus effektini ham yaratadi: teri rangini vizual tekislaydi, g‘ovaklar ko‘rinishini kamaytiradi va teriga dam olgan, parvarishlangan ko‘rinish beradi. Bu sehrgarlik emas, balki to‘g‘ri tanlangan tekstura, rang va qo‘llash texnikasidir.

Mukammal yakunlashning asosiy siri – upani yaxshi namlangan teriga surtishdir. Shunda u tekis yotadi, teri teksturasi va quruq joylarni ajratib ko‘rsatmaydi. Ko‘rinmas qoplamaga erishishning eng oson yo‘li – yumshoq cho‘tka bilan ehtiyotkorona urib-urib surish, aynan shu usulda upa teriga “o‘tirib”, yengil filtr effektini yaratadi. Agar maqsad pardozni, ayniqsa T-zonada mustahkamlash bo‘lsa, o‘sha joyga alohida e’tibor bering.

Tekstura tanlash ham muhim: kukunsimon upalar pardozni ishonchli mustahkamlaydi va muhim tadbirlar yoki suratga olishdan oldin obrazni yakunlash uchun juda mos keladi, ixcham upalar esa kun davomida tuzatish uchun yoningizda olib yurishga qulay.

Fotoshop effektli eng yaxshi 4 ta upa:

Charlotte Tilbury Airbrush Flawless Finish

Haqiqatan ham Instagram filtri kabi ishlaydigan mashhur ixcham upa. G‘ovaklarni yashiradi, teri teksturasini tekislaydi, quruq qilib ko‘rsatmaydi va hayotda ham, fotosuratda ham bir xil yaxshi ko‘rinadi.

foto: instagram \ @charlottetilbury

Chanel Poudre Universelle Libre

Havodek yengil bu kukunsimon upa mat qoplama hosil qiladi. Teri ushlab ko‘rganda baxmalsimon tuyuladi va ayni paytda iloji boricha tabiiy ko‘rinadi.

foto: instagram \ @chanel.beauty

Laura Mercier Translucent Loose Setting Powder

Bu o‘z toifasidagi eng mashhur upa bo‘lsa kerak. Pardozni bexato mustahkamlaydi, teriga yorug‘likning yumshoq tarqalishini ta’minlaydi – tadbirlar, suratga olishlar va ertalabdan kechgacha o‘zingizni ishonchli his qilishni istagan kunlar uchun eng maqbul tanlovdir.

foto: instagram \ @lauramercier

Givenchy Prisme Libre

Bitta idishdagi to‘rtta rangdan iborat format “ichki nurlanish” effektiga ega yarim shaffof qoplama hosil qilish imkonini beradi. Teri yaxshi uyqu va yengil spa muolajasidan keyin parvarishlangan, dam olgan va tekis ko‘rinadi.

foto: instagram \ @givenchybeauty

Fotoshop effektli yakunlash – bu ishonchli ko‘rinishning siri: teri tekis ko‘rinadi, pardoz uzoqroq saqlanadi, yuz esa yangi va tabiiy bo‘lib qoladi. Siz uchun ishlaydigan upani topishning o‘zi kifoya.



13 May 2025
Maqolani baham ko'ring

Related articles