O‘tmishga qaytish: 2025-yilda vintaj qaytmoqda
1930-yillardagi nozik gipürli siluetlardan tortib 1990-yillardagi minimalizmgacha — vintaj liboslar endi nafaqat uslub, balki ongli tanlov, individuallik va nostalgiya timsoli

Iste’molni qayta anglash, o‘ziga xoslik va barqarorlik sari intilish fonida 2025-yilda ko‘plab kelinlar vintagega murojaat qilmoqda — bu shunchaki estetik emas, balki did va qadriyatlar manifestidir.
Vintaj to‘y libosini tanlash — bu o‘tmishga sadoqat emas, balki vaqt sinovidan o‘tgan go‘zallik, avlodlar hurmati va kelajakka qarashning jasoratli, zamonaviy ifodasidir.

foto: Instagram\@weddedwonderland
Vintaj — bu o‘tmish modasi emas. Bu hozirgi kun modasining o‘zgacha talqini.
To‘y modasi, boshqa har qanday moda singari, doimo aylana bo‘ylab harakatlanadi. Ammo so‘nggi yillarda vintage trenddan tashqariga chiqib, yangi normalga aylanmoqda. Barqaror moda (slow fashion) g‘oyasi kuchayayotgan bir paytda, kelinlar tobora ko‘proq “tarixga ega” libos izlamoqda — betakror, mazmunga boy va chinakam o‘ziga xos. Isabel Sanchis, Markarian, Georges Hobeika va boshqa dizaynerlar 2025-yil Barselona to‘y modasi haftaligida vintage estetikasi qiymatini yorqin namoyon qilishdi.

fotо: spotlight \ Isabel Sanchis
O‘tmishdagi libos — bu nafaqat ipak yoki gipyur, bu davr ruhi, xotira va xarakter. Zamonaviylashtirib ishlov berilgan vintaj liboslar o‘ziga xos ifodali ko‘rinadi va eng muhimi — boshqalarnikiga o‘xshamaydi.
Vintaj davrlari bo‘yicha qisqa gid: tafsilotlarda go‘zallik
1930–1950-yillar
Zarif ipak, nafis draprovkalar, klassik gipür va qomatga mos siluetlar. “Eski Gollivud” uslubidagi sokin va elegant marosimlar uchun mukammal tanlov.

fotо: instagram \ @estellexamore
1960–1970-yillar
Bohem uslubi, yarim shaffof matolar, hajmli yenglar va gul naqshlari — tabiiylik va yengillikni orzu qiluvchi kelinlar uchun. Tabiatda o‘tadigan to‘ylar uchun ayni muddao.

fotо: instagram \ @estellexamore
1980-yillar
Keng siluetlar, baland yelkalar, bantlar va hajmli yubkalar — o‘zini jasorat bilan ifoda etishni istagan kelinlar uchun. Bu uslub yana mashhurlik cho‘qqisida.

fotо: instagram \ @estellexamore
1990–2000-yillar
Eng yaxshi ko‘rinishdagi minimalizm: silliq atlas, ochiq orqa, to‘g‘ri chiziqlar va oddiylik orqali yuksak uslub.

fotо: spotlight \ Yolancris
Qanday qilib “o‘sha” vintaj libosni topish mumkin
- Materiallar
Tabiiy matolar vaqt o‘tgan sari go‘zallashadi, ammo ularning tuzilmasi va shakli yaxshi saqlanganiga ishonch hosil qiling. - Fason
Ko‘plab vintage siluetlar zamonaviy tana tuzilmasiga moslashtirilishi mumkin. Asosiysi malakali tikuvchining yordami bilan to‘g‘ri moslashtirish. - To‘y konsepsiyasi
Vintaj libos marosimga ohang beradi, shu sababli joy tanlovi, dekor va mehmonlar obrazlari bilan uyg‘un bo‘lishi muhim. - Tikuvchi bilan ish
Hatto mukammal saqlangan libos ham odatda biroz o‘zgartirish talab qiladi. Tajribali mutaxassis toping u libosni sizga moslab beradi.
Vintaj libosni tanlash — bu oddiy kiyim emas, bu siz bosh rolni o‘ynaydigan tarixdir. Ba’zida kerakli libos kutilmaganda — arxivda, bozor rastasida, vintaj do‘konda yoki buvingiz sandig‘ida topiladi. Ammo u topilgach, boshqa variantlar endi unga raqobat qila olmaydi.