“Ochlik o‘yinlari”ni suratga olish boshlandi
“Hosil tongi”

Lionsgate kompaniyasi “The Hunger Games: Sunrise on the Reaping” (“Ochlik o‘yinlari: Hosil tongi”) nomli yangi filmni suratga olishni boshladi. Syujet 18 yoshli Xeymitch Ebernetining 50-Ochlik o‘yinlaridagi ishtiroki haqida hikoya qiladi. Bosh rolni Jozef Zada ijro etadi, filmni Frensis Lourens sahnalashtiradi. Aktyorlar tarkibiga Uitni Pik, El Fanning, Jessi Plemons, Kiran Kalkin, Maya Xok, Reyf Fayns va boshqalar kiradi. Ushbu loyiha franshizaning 2023-yilda ekranlarga chiqarilgan “Ilonlar va sayroqi qushlar haqida ballada” filmidan keyingi ikkinchi prikveli bo‘ladi. Premyera 2026-yilning 20-noyabrga mo‘ljallangan.