Odina Qudratova
“Bu men” ko‘rgazmasi

29-martdan 6-aprelgacha Meros galereyasida rassom Odina Qudratovaning shaxsiy ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Rassom tadbirni shunday ta’riflaydi: “Nur saqlanadigan yurak, bahor, nafosatda yashiringan kuch, muhabbat va sen haqingda”. Rassom o‘zining noyob minimalistik va sharqona uslubi bilan mashhur. Keramikadan yasalgan uzuklar va ochiqxatlarni mahalliy festivallarda hamda Teplo Store do‘konida topish mumkin.
Odina o‘z fikrlari va yondashuvini baham ko‘radi: “Ko‘rgazmada namoyish etiladigan asarlar ilgari hech qayerda ko‘rsatilmagan. Asosiy g‘oya – o‘zingiz bilan aloqani his qilish. O‘z hayotingizning ijodkori bo‘lishga urinib ko‘ring. Bu men bosib o‘tgan yo‘l va ushbu tajribadan ilhomlanib, uni barchaga ulashishni xohladim.
Tayyorgarlik jarayoni o‘z-o‘zidan boshlandi, kuchli istak paydo bo‘ldi va darhol ishga kirishdim. Katta formatda ishlashni xohlaganimdan, akvarel, grafikada aralash texnikalar va keramikani tanladim”.
Odina san’at sohasida deyarli sakkiz yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va bu uning birinchi shaxsiy ko‘rgazmasidir. Ko‘rgazma kuratori – Nigina Denizart.