«Of Air And Dreams»
Yiqing Yin asarlariga bag‘ishlangan ko‘rgazma

Fransiyaning Kale shahrida joylashgan To‘qimachilik va moda muzeyida Yiqing Yin asarlariga bag‘ishlangan “Of Air And Dreams” nomli ko‘rgazma ochiladi. Yiqing asli xitoylik bo‘lib, hozirda Parijda istiqomat qilayotgan yuqori moda dizayneri va Chambre Syndicale de la Haute Couture’ning rasmiy a’zosi hisoblanadi.
Ko‘rgazmada 2009-yildan buyon yaratilgan 70 ta libos, jumladan, havodek yengil siluetli va murakkab drapirovkali ramziy ko‘ylaklar namoyish etiladi. Shuningdek, ekspozitsiyada dizayner tomonidan chizilgan eskizlar, suratlar va u yaratgan atirlar ham o‘rin oladi.