Ofis sirenasi – 2024-yil yoz mavsumining yangi trendi

Yoz – bu faqatgina somonli shlyapalar va sarafanlar kiyish degani emas. Bu yilgi garderobimizga endi zamonaviy «ofiskor» uslubini ham qo‘shamiz

30 Iyun 2024
Foto: SPOTLIGHT / BENETTON

Yozgi garderobimizning asosi nimalardan iborat? Albatta, ko‘pchilik ayollarning kiyim javonidan yengil sarafanlar, zig‘ir matoli shortlar, shifon bluzkalar kabi kiyimlar joy olgan. Endi odatiy ko‘rinish uslublarini o‘zgartirish va yil trendlarini kundalik hayotga olib kirish vaqti keldi.

“Office sirene” uslubi ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan bo‘lib, u o‘ziga xos kiyinish uslubi bilan zerikarli ofis hayotini o‘zgartiruvchi ayol va qizlarni tasvirlaydi. Trend pandemiyadan keyingi uzoq davom etgan masofaviy ish davridan so‘ng paydo bo‘lgan degan taxminlar mavjud.

Foto: Spotlight / Miu Miu

Ofis sirenasi bu faqatgina klassik kostyum emas. Dizaynerlar 2024-yil bahor-yoz mavsumi kolleksiyalarida bir necha qavat kiyim kiyish va bichimlarning nostandart yechimlarini taklif qilishadi.

Yoz fasli kiyimlardagi uzunlikni ham belgilaydi: qisqartirilgan pidjaklar, mini yubkalar va krop-rubashkalar (ustki ko‘ylaklar) istalgan obrazga yangicha ko‘rinish bera oladi.

Foto: SPOTLIGHT / 08SIRCUS

Foto: SPOTLIGHT / ARMOIRE

Ofis melanxoliyasi mevali limonad “ta’mli” yorqin ranglar bilan to‘ladi.

Foto: SPOTLIGHT / EUDON CHOI

Foto: SPOTLIGHT / PHILLIP LIM

Kreativlikni hech kim bekor qilmagan! Biz rubashkaning odatiy bo‘lgan ko‘rinishini mukammallashtirish orqali nostandart yechimlar bilan atrofdagilarni hayratga solamiz. Orqa tarafdagi tugmalar, uzun yenglar va ajralib turuvchi elementlar – bunday ofis sirenasiga e’tibor qilmaslikning hech iloji yo‘q.

Foto: LILIYA D’ULAT

Bir xil rangdagi ko‘rinishlar – muvaffaqiyatli uslub yechimidir. Bir xil rangdagi to‘g‘ri bichimli kostyumlar – hozirda aktual va moslashtirib kiyishga oson. E’tibor berish lozimki, kostyum uchun ko‘p yillar avval dolzarbligini yo‘qotgan «naycha» shimlarni emas, balki keng kesimli shim tanlagan ma’qul.

Foto: SPOTLIGHT / COSTELLOE

Aksessuarlar haqida nima deysiz? Bu mavsumda siz klassikaga nisbatan "qattiqroq" bo‘lganingiz ma’qul. Agar sizda broglar bo‘lsa, unda u qo‘polroq, sandallar bo‘lsa, og‘irroq bo‘lishi kerak. Biz o‘ziga xos jozibasi bilan ko‘rinishni to‘ldiradigan yorqin aksessuarlardan qo‘rqmaymiz.

Foto: SPOTLIGHT / WOOYOUNGMI

Maqolani baham ko'ring

Related articles