Oksana Chusovitina
Sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogi

Bokuda o‘tkazilayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi musoboqasida Oksana Chusovitina oltin medalga sazovor bo‘ldi. Tayanib sakrashning hal qiluvchi bosqichida 49 yoshli gimnastikachi 13,516 ball to‘plab, eng yuqori natijani ko‘rsatdi.
Oksana Chusovitina 1992-yildan 2020-yilgacha sakkiz marta ketma-ket yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan dunyodagi yagona gimnastikachi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgani bilan mashhurdir.