Olimpiyaga koʻtarilish
Olimpiya o‘yinlarining paydo bo‘lish tarixi
Qadimgi Yunonistonda musobaqa an’anasi miloddan avvalgi 776-yilda paydo bo‘lgan, XIX asr oxirida esa Pierre de Coubertin uni qayta tiklagan. Ayni damda bu – xuddi qadimgi yunon atletlari uchun ahamiyatli boʻlganidek, umumjahon jamiyati uchun muhim hodisa hisoblanadi. Dunyoning asosiy “sport voqeasi” tarixini koʻrib chiqamiz.
Qadimgi oʻyinlar
Dastlabki Olimpiya o‘yinlari yunon xudolariga bag‘ishlangan bo‘lib, qadimgi Olimpiada o‘tkazilgan. Biroq deyarli 12 asr o‘tgach, imperator Feodosiy tomonidan ushbu marosim taqiqlangan, u uni «butparastlik marosimi» deb hisoblagan. Afsonalarga ko‘ra, o‘yinlar Gerakldan boshlangan, u musobaqalardagi barcha g‘alabalarni Zevsga bag‘ishlagan.
Qadimgi yozuvlarda aytilishicha, o‘yinlar Zevsga sig‘inish marosimlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan, ammo madaniy marosimlarning bir qismiga aylanmagan. Olimpiya o‘yinlarining asosiy maqsadi barcha yunon shaharlaridan kelgan yoshlarning jismoniy va ma’naviy fazilatlarining mukammalligini namoyish etish boʻlgan. G‘oliblar qadimgi Yunoniston tarixida boqiylashtirilgan: ular plitalarda, ko‘zalarda tasvirlangan va ularning sharafiga kuch va ustunlik etaloni sifatida haykallar yaratilgan.
Antik o‘yinlarda Gretsiyadagi barcha xohlovchi oila qurmagan erkaklar ishtirok etishlari mumkin boʻlgan.
Ayollarga musobaqada qatnashish man etilgan. Qolaversa, turmush qurgan ayollarga musobaqalarni tomosha qilishga ham ruxsat berilmagan, turmush qurmaganlar esa minbarlarda o‘tirib, musobaqalashayotgan sportchilarni kuzatishlari mumkin boʻlgan. Sovrin sifatida g‘olibga palma daraxtining shoxi taqdim etilib, boshi va qo‘llariga qizil tasmalar bog‘langan. O‘yinlarning so‘nggi kunida esa Zevs ibodatxonasida rasmiy taqdirlash marosimi o‘tkazilgan. Marosimda g‘oliblar e’lon qilinib, har birining boshiga muqaddas zaytun daraxtidan gulchambar taqilgan.
G‘oliblarga madhiyalar aytilib, teatrlarda faxrli o‘rinlar berilgan, shuningdek, ular umrbod davlat hisobidan oziqlantirilgan. Qadimgi Yunonistonda o‘yinlar har to‘rt yilda bir marta o‘tkazilgan.
Dastur va sport turlari
Oldindan Olimpiya oʻyinlari bir kunda oʻtkazilgan. Keyinchalik musobaqa oʻyinlarini uch kunga uzaytirishgan, miloddan avvalgi V asrda esa besh kunga qadar uzaytirilgan. O‘yinlarning birinchi kunida qadimgi yunon sportchilari xudolarga qurbonlik keltirib, halol musobaqalashishga va’da berishgan. Musobaqa dasturiga yugurish, uzunlikka sakrash, nayza va disk uloqtirish, boks, kurash va pankration, shuningdek, otchoparda chavandozlar musobaqasi kabi sport turlarini oʻz ichiga olgan.
Hozirgi kundagi oʻyinlardan farqi
Avvalroq bokschilar qoʻllarini yumshoq matodan boʻlgan tasmalar bilan oʻrashgan boʻlsa, keyinchalik uni qattiq teridan boʻlgan qayishga oʻzgartirishgan. Musobaqa kurashchilardan biri magʻlub boʻlganida yakunlangan. Pankration yakkakurashning eng murakkab turlaridan biri bo‘lib, boks va kurash usullarini o‘zida birlashtirgan. Bu musobaqa «Gerakl afsonasi» sharafiga kiritilgan.
Uzunlikka sakrash musobaqasida sportchilar qoʻllarida tosh yoki boshqa bir ogʻirlikni ushlashlari lozim boʻlgan, shu sabab sakrayotib ularni orqaga uloqtirib sakrash uzunligini oshirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Aravachalarda olib boriladigan musobaqalarda ikki toifadagi sportchilar – erkaklar va o‘smirlar, shuningdek, katta yoshdagi otlar va ayg‘irlar ishtirok etgan.
Ammo boshqa sport turlaridan farqli o‘laroq, poygalarda faqatgina badavlat yoki unvonli ot qarovchi yunonlar qatnashishlari mumkin boʻlgan.Shu bois bu musobaqalarda aravakashlarning o‘zlari emas, balki ot egalari g‘alaba qozonishgan.
foto: Denis Oliveira/Unsplash