Ollee: koreys parvarish kosmetikasi brendi

Markaziy Osiyo uchun moslashtirilgan kosmetika

16 May 2025

Koreys parvarish kosmetikasi allaqachon butun dunyoda tan olingan. Biroq shuni unutmaslik kerakki, bu vositalarning aksariyati boshqacha iqlim sharoitida – iliq, nam havo va mo‘tadil quyoshli joyda yashovchi ayollar uchun yaratilgan. O‘zbekistonda esa kuchli issiq, quruqlik va namlik tanqisligi har kuni terini chidamlilikka sinaydi. Aynan shu farqni Ollee – Markaziy Osiyo iqlimining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda kosmetika ishlab chiqaradigan birinchi koreys brendi e’tiborga oldi.

Brend mahsulotlari Janubiy Koreyada ishlab chiqariladi, sinovdan esa shu yerda, O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Bunday yondashuv jazirama yoz, quruq havo va faol quyosh sharoitida chindan ham samarali ishlaydi va terini kun bo‘yi nam, himoyalangan hamda qulay holatda saqlaydigan mahsulotlar yaratish imkonini beradi.

Ollee brendidan nimalarni sinab ko‘rish mumkin?

SPF 50+ BB-krem

Terida sezilmaydigan yengil tuzilmaga ega bo‘lib, nuqsonlarni yaxshi yashiradi va matli tus beradi. Krem bir vaqtning o‘zida ham tonal, ham quyoshdan himoyalovchi vosita sifatida ishlaydi va alohida SPF surtish zaruratidan xalos etadi.

Har xil teri turlari uchun SPF kremlar
Quyoshdan himoyalovchi kremni alohida surtishni ma’qul ko‘ruvchilar uchun Ollee ikki xil turini taklif etadi – quruq va normal teri hamda yog‘li va aralash teri uchun. Tarkibida zamonaviy filtrlar, jumladan, UVA va UVB nurlaridan ishonchli himoyani ta’minlovchi Tinosorb S qo‘llanilgan. O‘simlik ekstraktlari tufayli bu kremlar terini quyoshdan himoya qilish bilan birga, uni yumshoq parvarishlaydi, namlaydi va rangini tekislaydi.

SPF 50+ quyoshdan himoya stigi

Yana bir qulay variant – quyoshdan himoyalovchi qalamcha shaklidagi vosita (stik). Ixcham shakli tufayli u sumkachaga osongina sig‘adi va uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri pardoz ustidan surtsa bo‘ladi. Bu kun davomida himoyani tez yangilashning ajoyib usuli. Tarkibidagi vitaminlar va parvarish qiluvchi moddalar hatto jazirama quyosh ostida ham terining namligini saqlab qolishga yordam beradi.

Yuz uchun lifting-krem
Ollee kompaniyasining yuz uchun lifting-kremi alohida e’tiborga loyiq. Uning tarkibidagi kollagen terining tarangligini saqlashga ko‘maklashadi, tabiiy yangilanishini rag‘batlantiradi va ajinlarni tekislaydi. Shi yog‘i terini chuqur oziqlantiradi va yumshatadi, uzum ekstrakti esa namlik bilan to‘yintiradi, teri yanada silliq va tarovatliroq bo‘ladi. Bu krem ertalabki va kechki parvarishga birdek mos kelib, kun davomida terining salomatligi va qulayligini ta’minlaydi.

Suratni Ollee matbuot xizmati taqdim etgan

16 May 2025
Maqolani baham ko'ring

Related articles