Olmata ko‘chalarida Streetstyle

Bu yerda hamma narsa urf: mehmonlarning Visa Fashion Week Almaty’ga qanday tayyorgarlik ko‘rgani, qanday porlagani va muhitni qanday to‘ldirganini namoyish etamiz.

14 May 2025
Foto: Ayana Ali

Olmatadagi moda haftaligi ko‘plab zamonaviy insonlarni bir joyga to‘pladi. Mehmonlar juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rishgani birinchi kundanoq ayon bo‘ldi. Ularning obrazlari shunchaki trendlarni namoyish etish emas, balki o‘zlarini ifodalash uchun xizmat qildi. Boshdan-oyoq qora kiyimlar va e’tiborni tortuvchi aksessuarlardan tortib madaniy kodning eng an’anaviy elementlarigacha – barchasi mavjud.

Foto: Ulyana Bogulskaya

Foto: Alen Assemov

Foto: Alen Assemov

Foto: Ayana Ali

Bu haqiqiy did geografiyasi: mehmonlar orasida turli shahar va mamlakatlardan kelgan vakillarni uchratish mumkin edi va bu vizual xilma-xillikda o‘z aksini topgandi. Biroq uslubiy farqlarga qaramay, tadbirning asosiy g‘oyasi – qayta tushunish yaqqol ko‘zga tashlandi. Bu Y2K uslubining kiyim javonlariga qaytishida, sharqona hunarmandchilik vazminligining zamonaviy shahar nuqtayi nazaridan talqin etilishida va ko‘p qatlamlilik moda olamini butunlay o‘zgartirib yuborganida namoyon bo‘ldi.

Foto: Bota_ss

Foto: raimonda kulikauskiene

Foto: Francesca Babi

Foto: raimonda kulikauskiene

Ayniqsa, mehmonlarning vintage buyumlarni zamonaviy elementlar bilan uyg‘unlashtirib, o‘tmish va bugunning uyg‘unligini yaratayotganini ko‘rish juda yoqimli edi. Yorqin sharqona naqshlar minimalistik obrazlarda e’tiborni tortuvchi tafsilotga, qadimiy taqinchoqlar esa obrazlarning ma’no markaziga aylandi. Uslub har doim ham trendlar emas, ko‘pincha u bizning shaxsiy hikoyamiz ekaniga yana bir bor guvoh bo‘ldik.

Foto: raimonda kulikauskiene

Foto: raimonda kulikauskiene

Foto: Francesca Babi

Foto: Ulyana Bogulskaya

Foto: Ulyana Bogulskaya

Foto: Ulyana Bogulskaya

Foto: Francesca Babi

Visa Fashion Week Almaty – bu nafaqat kolleksiyalar, podium va sofitlar. Bu moda bilan nafas oladigan shahar va shunchaki o‘zlarining mavjudligi  bilanoq modani yaratuvchi insonlar.  

Foto: Bota_ss

Foto: raimonda kulikauskiene

Foto: raimonda kulikauskiene

Foto: raimonda kulikauskiene

Foto: raimonda kulikauskiene

Foto: raimonda kulikauskiene


14 May 2025
Maqolani baham ko'ring

Related articles