ON THE CLOUDS
Go‘zallik parvoz qilayotgan, vaznsiz va sehrli dunyoga sayohat

Yengillik. Yorug‘lik. Rang. ON THE CLOUDS yangi go‘zallik hikoyasida pardoz bulut kabi tutqich bermas, ammo orzu kabi yorqin tuyg‘uga aylanadi. Bu vaznsiz go‘zallikka – muallaq, yangi, jonli go‘zallikka nazar tashlashdir
Barchasi mukammal teridan boshlanadi – porloqlikni uyg‘otuvchi ertalabki marosim. La Mer’dan The Essential Tonic terini yangilaydi va tayyorlaydi, afsonaviy Crème de la Mer esa terini namlik va g‘amxo‘rlik bilan o‘rab oladi. Dior Prestige Le Nectar Integral serumi teriga hashamatli jilo beradi, Giorgio Armani Luminous Silk tonal asosi esa yarim shaffof, ipakdek mayin qoplama yaratadi. Lablar Dior Addict Lip Glow 001 Pink’ning yengil teginishi bilan tabiiy, nozik rangda jonlanadi.
So‘ngra rang paydo bo‘ladi – quyosh nurini tutib olgan tonggi tumanga o‘xshash nur o‘yini.
Pink&Yellow obrazida yanoqlar YSL Babydoll Pink va Chanel Joues Contraste Intense rumyanalarining Rouge Franc tusida gulbarglar kabi ochiladi. Ko‘z qovoqlari MAC Chrome Yellow tenining yorqin, quyoshli rangi bilan yoritiladi. Lablar beg‘ubor pushti rangda qoladi – o‘sha universal Dior Addict Lip Glow bilan.
Blue&Green obrazi osmondan ilhom olgan – Natasha Denona Pastel Eyeshadow palitrasidan havorang, pastel tusdagi tenlar bulutlar kabi qovoqlarga qo‘nadi. Armani asosi terining porloqligini saqlab qoladi va Dior Addict Lip Glow noziklikning yakuniy shtrixi sifatida qaytadi.
Aralash obrazda barcha ranglar bir sehrli girdobda uyg‘unlashadi – quyoshli va pushti, moviy va yorqin, har bir chiziq mo‘yqalamning mato ustidagi harakati kabi. Yanoqlar, ko‘zlar va lablar bir vaqtning o‘zida barcha fasllar uchrashadigan manzaraga aylanadi.
Har bir obraz – kayfiyat, tush kabi. Bulut kabi yengil, tong kabi porloq va rang kabi jasur bo‘ling. ON THE CLOUDS – tortishish kuchidan xoli uslub.
Photographer Weronika Kosinska
Makeup Artist Harry Jefferson
Hair Stylist Aneta Kacprzak
Model Ola Kursa via X Management