Oq libos madaniy kod sifatida

Bir libos to‘y modasini butunlay o‘zgartirgani va oq rang kelinlik ramziga aylanganining sababi

18 May 2025
fotо: Givenchy HC SS 1994

Shunday narsalar bor, biz ularga shunchalik o‘rganib qolganmizki, kelib chiqishi haqida o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Oq kelinlik libosi ana shunday narsalardan biridir. ELLE O‘zbekiston atigi bitta libos modani qanday o‘zgartirganini, kultga aylanganini va hozirga qadar eng go‘zal to‘y marosimlariga ohang berib kelayotgani haqida hikoya qiladi.

foto: instagram \ @royalcollectiontrust

Qirolicha Viktoriya o‘z to‘yida oq libosda paydo bo‘lganida, uning bu tanlovi butun dunyo bo‘ylab minglab ayollar uchun namunaga aylanishini tasavvur ham qilmagan edi. Oq libos shunchaki kiyim emas, balki bugungi kungacha dizaynerlar, stilistlar va kelinlarga ilhom berib kelayotgan ramzdir.

foto: instagram \ @royalcollectiontrust

XIX asrning o‘rtalarigacha hech kim to‘yga oq kiyim kiymagan, buning sababi irim-sirimlarda yoki urf-odatlarda emas edi. Oq rang nihoyatda noqulay hisoblangan – parvarishi qimmat, tez kir bo‘ladigan, alohida e’tibor talab qiladigan va haqiqatan ham injiq edi. Kelinlar to‘q rangli kiyimlarda: to‘q qizil, ko‘k, oltin iplar bilan tikilgan matolar va qimmatbaho tugmali liboslarda turmushga chiqishgan. To‘y modasi poklik va beg‘uborlikni emas, balki mavqe va oilaviy boylikni ifodalagan.

foto: instagram \ @royalcollectiontrust

1840-yil 10-fevralda yosh qirolicha Viktoriya qo‘lda to‘qilgan to‘rli oq libosda Avliyo Jeyms ibodatxonasiga kirganda hamma narsa o‘zgardi. Bu obraz romantik tuyg‘ular ifodasi emas, aksincha, puxta o‘ylangan siyosiy va estetik qadam edi. Oq rang mahalliy hunarmandlarning mahoratini ko‘rsatadigan nafis ingliz to‘rlarini yaxshi namoyish etib, saroy kiyimlarining dabdabasiga qarama-qarshi turardi. To‘y suratlarida Viktoriya haqiqatan ham zamonaviy ko‘rinardi va minglab ayollar xuddi shunday tarzda kiyinishni istab qoldilar.

Matbuot bu voqeani darhol ilg‘ab oldi. Oq ko‘ylak tasavvur qilinganidek kamtarlik ramzi emas, balki yangi sinfga – “bir kechalik’ kiyimni sotib olishga qurbi yetadigan odamlar toifasiga mansublik belgisiga aylandi.

foto: instagram \ @lebanesefashionhistory

XX asrda oq libos butunlay ommaviy madaniyatning bir qismiga aylandi. Gollivud qahramonlari, jahonga mashhur kutyurelar, jurnal muqovalari – bularning barchasi oq libosni shunchaki ko‘ylakdan orzular ifodasi darajasiga ko‘tarish uchun xizmat qildi. Dior hajm va dramatizm, Chanel – yengillik va erkinlik, Givenchy esa grafik nafislikni qo‘shdi.

foto: instagram \ @hautecouturefashionista

foto: Chanel HC FW 1995 by Karl Lagerfeld

fotо: Givenchy FW 1997

Bugungi kunda oq libos endi majburiyat emas, balki shaxsiy ifoda vositasiga aylandi. U The Row kelinlari kabi sodda, Jacquemus kabi me’moriy va dadil yoki Giambattista Valli kabi ertaksimon va havoyi bo‘lishi mumkin. Oq rang vaqt, to‘qimalar, hissiyotlar va g‘oyalar bilan uyg‘unlashadi.

foto: instagram \ @therow

foto: instagram \ @giambattistavalliparis

Libos shakli va uslubi o‘zgarishi mumkin: kalta, eski uslubda, kashta bilan bezatilgan yoki hajmdor yengli – oq libos yangi hayot boshlanishining abadiy ramzi bo‘lib qolaveradi.

18 May 2025
Maqolani baham ko'ring

Related articles