ORIENTAL HORIZONS
ELLE Oʻzbekiston taqdimot videosi
ELLE Oʻzbekiston taqdimoti doirasida ORIENTAL HORIZONS videosi taqdim etildi. Bu - Oʻzbekistonda ELLEning birinchi keng koʻlamli suratga olish natijasidir.
Moda madaniyat bilan chambarchas bog'lanib, haqiqatning o'ziga xos tasavvurini yaratadi. Jamoa chuqur o'tmish va hozirgi zamon o'rtasida o'xshashlik yaratdi. Mahobatli tabiat manzaralari, tor qadimiy ko‘chalar, so‘zana, devoriy suratlar, me’moriy binolar – bularning barchasi zamonaviy va milliy moda bilan chambarchas bog‘liq. Videoda tafsilotlarga alohida e'tibor qaratilgan: mahalliy dizaynerlarning mashhur liboslari ko'p asrlik tarixga ega arxiv aksessuarlari bilan birlashtirilgan.
O'zbekistonning jadal rivojlanishi davrida, ELLE O'zbekiston moda sanoatining eshiklarini ochib, jahon jamiyatiga yetaklamoqda. Jamoa yosh iste'dodlarni qo'llab-quvvatlashga intiladi, ularga moda sanoatida o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishga yordam beradi. Olis shaharda yoki zamonaviy poytaxtning qoq markazida yashovchi har bir ayol o'zini ishonchli, xavfsiz va uyg'un his qiladi.
Video ustida ishlagan:
Prodyuser: Natasha Kasatkina
Uslublar bo'yicha direktor: Janna Varnavskaya
Bosh muharrir: Polina Aglyamova
Moda muharriri: Irina Perova
Rejissyor: Iste’dod Usmonov
Ikkinchi operator: Ilhom Hamidov
Dron operatori: Hasan Aliyev
Ishlab chiqarish menejeri: Izzat Mansurov
Rassom: Begzod Xudoyberdiev
Loyiha rahbari: Nafosat Erkaeva
Joylashuv menejeri: Muzaffar Yusupov
Yordamchi: Sanjar Sultonxo'jaev
Stilist: Nargiza Ayupova
MUA: Elmira Kambekova, Alina Tumasyan, Yanina Salixova
Modellar: Oysha Fayzieva, Vazirabon Sadiroxunova, Viktoriya Maksim
Model agentligi: NN Models
Ovoz prodyuseri: Adkham Abduraimov.