Pantone mavsumning asosiy ranglarini e’lon qildi

2026-yil bahori

11 Sen 2025
Foto: Pantone.com

Pantone‘ning NYFW Fashion Color Trend Report hisobotida mavsumning 10 ta asosiy rangi ro‘yxati taqdim etildi. “Noyoblik va g‘aroyiblik ruhi” aks etgan bu ranglar vintaj modadan ilhomlanib tanlangan. Palitradan Lava Falls (to‘yingan qizil), Muskmelon (olovrang), Alexandrite (ko‘kimtir-yashil), Dusty Rose va Tea Rose (pushtirangning ikki romantik tusi), Burnt Sienna (zangrang-qizil, gil rangiga yaqin), Burnished Lilac (xira siren), Acacia (yashilsimon-sariq), Marina (dengiz tusidagi ko‘k rang), va Amaranth (qirmizi rang) o‘rin olgan.

Universal ranglar qatorida: Sage Green (kulrang-yashil), Sycamore (to‘q yashil), Coffee Bean (to‘yingan shokolad rangi) va White Onyx (mayin oq) bor. Pantone direktori Leatrice Eiseman aytishicha, yashil ko‘proq neytral rang sifatida qabul qilina boshlandi va ranglar tanlovida ularning faqat vizual emas, balki taktil ta’siri ham inobatga olinmoqda. Mavsumning asosiy trendlarini kutilmagan kombinatsiyalar va o‘tmish bilan hozirgi zamonning uyg‘unligi belgilab bermoqda.

Maqolani baham ko'ring

Related articles