Paris Hilton — Karl Lagerfeld brendining yangi yuzi
From Paris With Love

Paris Hilton Karl Lagerfeld brendining From Paris With Love deya nomlangan kampaniyasi elchisiga aylandi. Mazkur kampaniya sentyabr oyida start olib, 1 oktyabr kuni Parij Moda haftaligidagi maxsus tadbir bilan yakunlanadi. Loyiha raqamli va bosma OAVdan tortib, tashqi reklama va pop-up maydonlariga qadar barcha kanallarni qamrab oladi. Shu jumladan. Nyu-York, Los-Anjeles va Parijdagi bilbordlarda ham namoyish etiladi. Brend bosh direktori Pyer Paolo Rigining so‘zlariga ko‘ra, kampaniya elchisi sifatida Hiltonni tanlangani Lagerfeldning o‘ziga xos bo‘lgan istehzoli, kutilmagan qarorlarga boy va albatta afsonaviy ruhni aks ettiradi. Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan fotosessiyada Hilton asosiy to‘plamning elegant uslubini va Karl Lagerfeld Jeans kolleksiyasining dadilligini namoyish etdi. Brend, shuningdek Lagerfeldning o‘zi savol berib, o‘zi javob bergan arxiv intervyusini Hilton bilan suhbat shakliga aylantirdi.