Paris Hilton multserial chiqaryapti

“Paris va kuchukchalar”

23 Avg 2025
Foto: Instagram / parishilton

Paris Hilton ilk bor bolalar uchun animatsion loyiha taqdim etmoqda. «Paris & Pups» nomli multserialning premyerasi 23-sentyabr kuni YouTube‘da bo‘lib o‘tadi. Asosiy qahramon – Star ismli qizaloq. Uning obrazi Hiltondan ilhomlanib yaratilgan. Star beshta kuchukchasi – Slivington, Baby, Diamond, Maji va Bijou bilan The Fabuluxe mehmonxonasida yashaydi va qiziqarli sarguzashtlar sari otlanadi.

Multserial 5–8 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan. Treylerda esa Parising o‘zi kuylagan yangi qo‘shiq yangraydi.

Hiltonning so‘zlariga ko‘ra, loyiha g‘oyasi uning hayvonlarga bo‘lgan mehri bois yaralgan. Shuningdek, ona sifatidagi yangi tajribasi ham uni bu loyihaga qo‘l urishga undagan. Paris hozirda ikki farzandni – Phoenix va Londonni katta qilmoqda.

Maqolani baham ko'ring

Related articles