Podium moda namoyishi – Yoz/25

Podium yana bir bor o‘zini ko‘rsatdi: o‘z qoidalarini yaratib, moda namoyishlari uchun yangi yo‘nalish belgiladi

19 Iyun 2025
Foto: Sergey Pogosyan

Bu safar 10-iyun kuni mehmonlar monobutiklar o‘z individualligini namoyon etgan oltita ko‘rgazmani tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Peserico, Twinset Milano, Marina Rinaldi, Zadig&Voltaire, Pinko – brendlar rejissyorlik aniqligida bir-birinining o‘rnini bosib, o‘z kayfiyatlarini, jo‘shib turishganini, zamonaviy hayotga bo‘lgan qarashlarini namoyish etdilar. Obrazlarni yaratishda ushbu yirik brendlarning stilistlari va pardozchilari mas’ul bo‘lib, ular o‘zlari haqida obrazlar orqali ma’lum qilishdek asosiy maqsadni amalga oshirdilar.

 Italiyaning Peserico brendi namoyishlar qatorini ochib, mehmonlarni O‘rta yer dengizi muhitiga cho‘mdirdi. Erkin siluetlar, tabiiy matolar, qum va dengiz shabadasi ranglari – iliq kunda uchrashuvni ham, dengiz sohilida kechki shamolli sayrni ham tasavvur qilish oson bo‘lgan obrazlardir.

Foto: Sergey Pogosyan

Keyingi o‘rinda Twinset Milano. Bu brend ham Italiyada paydo bo‘lgan. Obrazlar go‘yo “ayol go‘zalligi ko‘p qirrali” degan g‘oyani ilgari surardi. Aniq shaklga ega obrazlar – ishbilarmonlik uchrashuvlari uchun, romantik ko‘ylaklar va guldor kostyumlar esa – hamma narsadan dam olish imkoniyati bo‘lgan lahzalar uchun juda mos.

Foto: Sergey Pogosyan

“Plus size, plus energy, plus colors” – bu shunchaki kiyim tikmaydigan, balki tanaga, uning shakliga, kuchiga bo‘lgan hurmatni ifoda etadigan Marina Rinaldi brendiga xos kayfiyat. To‘plam kundalik hayot yorqin, nafislik esa qulay bo‘lishi mumkinligini eslatib o‘tdi.

FOTO PODIUM PR XIZMATI TOMONIDAN TAQDIM ETILGAN

FOTO PODIUM PR XIZMATI TOMONIDAN TAQDIM ETILGAN

Zadig&Voltaire brendi podiumga chiqishi bilan, xuddi miyada baland “Bonjour!” sadosi yangragandek bo‘ldi. U Fransiyaga xos bo‘lgan zahmatsiz nafislikni namoyish etdi. Bandanali ko‘ylakmi? Nega endi yo‘q?! Brend rok-n-roll, hashamat va ayni paytda ziyolilikni mohirona uyg‘unlashtira oladi.

Foto: Sergey Pogosyan

FOTO PODIUM PR XIZMATI TOMONIDAN TAQDIM ETILGAN

Yakuniy akkord sifatida Pinko brendi namoyon bo‘ldi. U nafis isyonkor ohangda mono-ko‘rgazmalar turkumini yakunladi. Motorcore uslubidan tortib, o‘tkir ta’mli nafis liboslargacha – ayol ularning har birida yorqin va baland ovozda o‘zini namoyon etdi. Namoyish kichik performans bilan kechdi: modellar aylanishib, tabassum qilishdi, go‘yo bir-birlarini kutib olgandek – bu moda o‘zaro aloqada yashashini eslatib turardi.

FOTO PODIUM PR XIZMATI TOMONIDAN TAQDIM ETILGAN

FOTO PODIUM PR XIZMATI TOMONIDAN TAQDIM ETILGAN

Soat sakkizda vaziyat o‘zgardi: chiroqlar xiralashdi, ekranlar yondi va kechaning asosiy tomoshasi boshlandi. Deyarli doiraviy proyeksiya, 120 dan ortiq liboslar to‘plami, bularning barchasini tasvirga olish uchun rekord miqdordagi kameralar va 2000 dan ortiq mehmonlar, jumladan, kompaniyaning do‘stlari va hamkorlari: tadbirkor va musiqachi Emin Agalarov, stilist Liliya Rax, LVMH kompaniyalar guruhi vakillari, estrada yulduzlari, moda influenserlar hamda san’at, madaniyat va biznes vakillari ishtirok etishdi.

FOTO PODIUM PR XIZMATI TOMONIDAN TAQDIM ETILGAN

Podium stilistlar jamoasi va Daniil Berg Tashkent City Mall’ning markaziy atriumida jahon brendlari kolleksiyalaridan obrazlarni shunday ustalik bilan jamlashdilarki, casual va black tie, white tie va streetwear uslublari yagona hikoyaning qismlari kabi ko‘rindi. Namoyish go‘yo shunday deyayotgandek edi: ishonch – bu atrofda bo‘ron bo‘lsa ham, doimo dolzarb bo‘lgan uslubdir.

Foto: Sergey Pogosyan

Ko‘rgazmadan so‘ng Toshkent moda hayotining asosiy nuqtalarini o‘zida mujassam etgan yangi Shopping Guide Podium x Tashkent City Mall taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Albatta, kecha musiqiy syurpriz bilan yakunlandi: xonanda Lola sahnaga o‘zining xarakteri, shijoati va o‘ziga xos jozibasi bilan chiqib, sermazmun kunning yakunlovchi akkordini qo‘ydi.

Podium Fashion Shows SS25 – bu moda quvvati va yangi davr nafosati uyg‘unlashgan kun bo‘ldi. Dabdabali. Yorqin. Ilhombaxsh.

Maqolani baham ko'ring

Related articles