Prada – 2026-yil bahori
Libosga o‘zga rakursdan nazar

Miuccia Prada va Raf Simons kiyimlarning an’anaviy vazifasi va maqsadidan ongli ravishda voz kechilgan to‘plamni taqdim etdilar. Namoyish ish kiyimi uslubidagi obrazlar bilan boshlandi: dastlab kalta yengli ko‘ylaklar, dazmol urib qat-qat burma solingan shimlar, tirsakkacha yetadigan qo‘lqoplar va past poshnali yaltiroq tuflilar yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi. So‘ngra yupqa shifon tasmalarga aylantirilgan bra-toplar, ingichka bog‘ichli shaffof silindr shakliga kiritilgan yubkalar taqdim etildi. Emblemali pololar hajmda kattalashtirilib, paltolar yoki keng kardiganlarga aylantirilgani bilan yig‘ilganlarni hayron qoldirdi. Yoqalari bezatilgan kokteyl ko‘ylaklar esa charm kurtkalar ustidan kiyilib, kundalik libos sifatida namoyish etildi. Ranglar palitrasi juda yorqin bo‘ldi: mandarin rangli yaltiroq podium, sariq kurtka, to‘yingan ranglardagi ko‘ylak va liboslar.
"Biz erkinlik haqida, jumladan, kiyim tanlashdagi erkinlik haqida gaplashdik," - dedi Simons. Prada qo‘shimcha qildi: "To‘plam noaniqlikka javobdir. Liboslar o‘zgarishi, moslashishi kerak." Xavotirlarga to‘la voqeligimizga vizual javob sifatida namoyish etilgan shou go‘zallik tuyg‘usini saqlab qolishga bir urinish bo‘ldi.