Prada “Days of Summer”
Kapri qirg‘og‘idagi yozgi kampaniya

Go‘zal Kapri qirg‘og‘ida Prada brendi “Yoz kunlari” reklama kampaniyasini amalga oshiradi. 7-iyuldan 13-iyulgacha Prada Lido del Faro plyaji va Punta Karena qirg‘oqlarini egallaydi. Brend detallar bilan to‘ldirilgan muhit yaratadi: pastel qayiqlar, brend muzqaymoqlari va firma installyatsiyalari. Bularning barchasi kampaniyaning vizual elementlarini haqiqiy yozgi sarguzashtga aylantiradi.