Prada bahor-yoz 2025 kolleksiyasini namoyish etdi
Qani haqiqat, qani uydirma?
Miuccia Prada va Raf Simons erkaklar ko‘rgazmasida boshlangan mavzuni davom ettirdilar. Ular haqiqiy dunyoni virtual olam bilan uyg‘unlashtirishga qaror qilishdi. Bu o‘zaro bog‘lanishda zamonlar ham bir-biriga qorishib ketdi: hozirgi kun, o‘tmish va kelajak.
Shou Fondazione Prada’da bo‘lib o‘tdi. Musiqiy jo‘rlik sifatida “Suicide”, “Mojito” va “Leige” qo‘shiqlarining rev uslubidagi remix yangrab turdi.
Shou gul naqshlari tushirilgan mini-ko‘ylak bilan ochildi. Uning bitta tasmasi yelkadan tushib turardi – bu deyarli har bir kishini ta’qib qilayotgan shoshqaloqlikni ifodalardi. Yaxlit cho‘milish kiyimlari klassik paltolar bilan uslublashtirildi, soxta yoqali (воротник-обманка) sviterlar esa kumushrang midi-yubkalarga hamroh bo‘ldi.
Kamarli leggingsni eslatuvchi kolgotkalar bahor-yoz 2025 kolleksiyasining to‘laqonli a’zosiga aylandi. Aksessuarlar qatoriga mubolag‘ali Cleo, o‘zga sayyoraliklar ko‘zoynaklari va yangi origami-tuflilar qo‘shildi. Platformali Mary-Jane tuflilari 2012-yilning kuz-qish kolleksiyasini eslatsa, Microsole derby poyabzallari esa Prada’ning bahor-yoz 2011 kolleksiyasini yodga soldi.