Pul jamg‘arishni qanday boshlash va davom ettirish zarur:
murakkab savollarga sodda javoblar

Moliyaviy zaxira – bu dabdaba emas, balki ertangi kun sari ishonch bilan qadam bosishning muhim bosqichidir. TBC Bank bilan hamkorlikda biz moliyaviy barqarorlikka erishish yo‘lini hatto kichik mablag‘ bilan qanday boshlash mumkinligini o‘rganib chiqdik.
To‘g‘ri jamg‘arishni o‘rganish nima uchun muhim va qanday vositalardan foydalanish kerak?
Jamg‘arish hamisha “qora kun”ning g‘amini yeyish emas. Jamg‘armalar hayotni ishonchga to‘laroq qiladi: oila a’zolarga yordam berish, ta’limga sarmoya kiritish, uzoq kutilgan sayohatga chiqish yoki kutilmagan xarajatlardan tashvishlanmaslik uchun zamin yaratadi.
Mavjud vositalardan quyidagilarni ko‘rib chiqish kerak:
- Omonatlar – foiz evaziga daromad keltiradi.
- Bonusli debet kartalar – masalan, TBC Bankdan “Salom Card”, unda qoldiq uchun bonuslar va xaridlar uchun keshbek to‘lanadi.
Eng samaralisi – bu aniq maqsadlarni ko‘zlagan holda pul jamg‘arishdir. Ayni shu yondashuv tasodifiy xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslikka turtki beradi va ko‘maklashadi.
Oqilona jamg‘arish nima sababdan cheklov emas, balki erkinlik?
Jamg‘arish o‘zini cheklash degani emas. Bu hayotga tayyor bo‘lishdir.
Moliyaviy yostiq mavjud bo‘lganda, ishonch paydo bo‘ladi: yangi loyihaga qo‘l urish, xotirjamlik bilan ish joyini o‘zgartirish yoki orzuga sarmoya kiritish imkoni tug‘iladi. Qisqa muddatli maqsadlar va zaxiralar ta’minlangach, uzoq muddatli maqsadlarga tashvish va shoshma-shosharliksiz intilish mumkin bo‘ladi.
– Mariya Minakova, mahsulot menejeri
Bank omonatlari haqida qanday “afsonalar”ni eshitgansiz va nima uchun ular haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi?
1-afsona: “Pulni uyda saqlash xavfsizroq”
Aslida:
- Uyda saqlangan pul inflyatsiya tufayli qadrsizlanadi, omonat esa uning iste’mol qobiliyatini saqlab qolishga yordam beradi.
- Uy eng ishonchli seyf emas: yong‘in, o‘g‘irlik va tabiiy ofatlar xavfi mavjud.
- TBC Bank omonatlari sug‘urtalangan – hatto bank bilan biror muammo yuz bersa ham, omonatchi belgilangan chegara doirasida kompensatsiya oladi.
2-afsona: “Ko‘chmas mulk – pul saqlashning eng yaxshi usuli”
Haqiqat:
- Ko‘chmas mulk dastlab katta mablag‘ talab qiladi, omonatni esa 1000 so‘mdan boshlab ochish mumkin.
- Ko‘chmas mulk likvid bo‘lmagan aktivdir. Kutilmaganda pul kerak bo‘lsa, bir kunda sotib bo‘lmaydi.
- U qo‘shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi: soliqlar, ta’mirlash va kommunal to‘lovlar.
- TBC Bank omonatlari – bu ortiqcha tashvishsiz, moslashuvchanlik, shaffoflik va barqaror daromaddir.
Omonatlar haqidagi qanday qo‘rquvlar ko‘proq uchraydi va ularni qanday bartaraf etish mumkin?
Asosiy qo‘rquv – bank yopilganda pullarni yo‘qotish. Ammo:
- TBC Bankdagi omonatlar Davlat omonatlarni kafolatlash jamg‘armasi tomonidan himoyalangan. Hozirda davlat 200 million so‘mgacha kafolat beradi, qolgan qismi bank majburiyati hisoblanadi.
- TBC Bank singari yirik banklar Markaziy bank nazoratida bo‘lib, muntazam tekshiruvlardan o‘tadi va barqaror moliyaviy tizimga ega.
Samarali jamg‘arishni xohlovchilar uchun TBC Bank omonatlarining o‘ziga xosligi nimada?
TBC Bank qulay va oson jamg‘arma usulini taklif qiladi:
- Yillik foiz daromadi 23 foizgacha.
- Mablag‘ni to‘ldirish va yechib olish imkoniyati mavjud.
- Uydan chiqmasdan TBC UZ ilovasi orqali onlayn omonat ochish mumkin.
- Istalgan bank kartasini ulash imkoniyati - barcha jarayonlar tez va shaffof amalga oshiriladi.
Jamg‘arish oson. Eng muhimi, boshlash kerak.
– Namazova Ra’no, huquqiy bo‘lim yetakchi mutaxassisi
foto: Mirolim Obidov