“Qalblar dardiga darmon”
Buxoroda zamonaviy san’at biennalesi

5-sentyabrdan 20-noyabrgacha qadimiy Buxoro shahrida tarixda ilk bor Zamonaviy san’at biennalesi o‘tkaziladi. Ibn Sinoning palovi, kristallardan yasalgan yeyish mumkin bo‘lgan pavilyon, Lengston Xyuz she’rlari bitilgan gilamlar va butun shahar bo‘ylab cho‘zilgan ulkan o‘zbek abr-matosi – bularning barchasini 2025-yil kuzida Buxoroda ko‘rish imkoniyati bo‘ladi.
“Qalblar dardiga darmon” nomi va g‘oyasi Ibn Sino shahzodaga imkonsiz muhabbat sog‘inchini yengishda yordam berish uchun palovni qanday o‘ylab topgani haqidagi o‘zbek afsonasidan kelib chiqqan. “Qalblar dardiga darmon” kichik harakatlar qanchalik katta kuchga ega ekanligini eslatadi – masalan, kimningdir kunini yaxshilash kabi”, – deydi kurator Diana Kempbell.
Biennaledada O‘zbekiston, Markaziy Osiyo va butun dunyodan 90 dan ortiq rassom va jamoalar ishtirok etmoqda.