“Qand”dan yozgi yangilik
Premium shokolad brendi muzqaymoq taqdim etdi

Yozning issiq kunlarida mashhur “Qand” brendi o‘z muxlislarini yangi bir ta’m bilan xushnud etmoqda. Endi ularning nafis qo‘l mehnati bilan yaratilgan assortimentida muzqaymoq ham bor. Shirin bir tanaffus uchun “Qand” butiklariga yo‘l oling — bu yerda siz nafaqat yozbop muzqaymoqni tatib ko‘rasiz, balki shahar shovqinidan bir zumga uzilib, osoyishta muhitda huzur topasiz.