Qimmatbaho tomchilar

Mermaidcore uslubining belgilari

21 Iyul 2024
FОТО: SPOTLIGHT / HOMOLOG

Yozni muzdek shampan ichimligi va dengiz sathidagi tonggi quyoshning kumush shu’lalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Tabiatdan va zamonaviy suv parisi obrazlarini yaratgan Hemolog kutyur ko‘rgazmasi vizajistlarining ishlaridan ilhom izlaymiz.

FОТО: SPOTLIGHT / HOMOLOG

Modellar ko‘z qovoqlarining pastki qismi chiziq ko‘rinishida terilgan kristallar bilan bezatilgan. Pardozdagi bu usul toza teri yuzasiga qaraganda yaxshi ish berdi va wow-effect (natija) hosil qildi.

FОТО: SPOTLIGHT / HOMOLOG

Mazkur usulni unutilmas yozgi ziyofat uchun takrorlash juda oson – buning uchun sizga  kristallar va kosmetik yelim kerak bo‘ladi. E’tibor tortuvchi makiyaj uchun xilma-xil pardoz  vositalarini  M.A.C va MAKE UP FOR EVER brendlaridan topishingiz mumkin. Birinchisi, moda haftaligi vizajistlarining sevimli brendlaridan biri hisoblanadi. Ikkinchisi, aynan MAKE UP FOR EVER brendi video-tasvir jarayonlarida foydalaniladigan pardoz vositalari ishlab chiqarishi va “Avatar” filmi qahramonlari obrazi ham aynan shu brend pardoz vositalari yordamida yaratilganligiga qaramay, ularni sotuvdan topish oson.

FОТО: SPOTLIGHT / HOMOLOG

Bu obrazda asosiysi (tonal kremsiz va quruq pudrasiz) toza teridir. Eng ko‘pi bilan bu pardozda rangsiz xaylayterdan (masalan, tayoqchali Chanel Baume Essential) va odatda ishlatadigan qosh uchun geldan foydalanishingiz mumkin.

Agar mermaidcore uslubidagi pardoz sizga biroz qo‘poldek tuyulsa, trend bo‘lgani uchun emas, balki yaxshi kayfiyat uchun imidjingizga bir nechta kristal qo‘shing.

FОТО: SPOTLIGHT / HOMOLOG

Maqolani baham ko'ring

Related articles