Qizlar – ayollar haqida va ayollar uchun jamoa

Toshkentning jonkuyar, ijodkor va o‘zlarini anglab yetgan faol ayol-qizlar jamiyati. Qizlar jamiyat haqida, ularning 60-Venetsiya biyennalesidagi tajribasi va kelgusi rejalari haqida so‘zlab berishdi.

07 Iyun 2024

Qizlar — bu jamoaga 2022-yil aprel oyida Toshkent shahrida rassomlar, faollar hamda sanʼat va madaniyat vakilalari tomonidan asos solindi.

Loyiha missiyasi qanday?

Qizlar: Jamiyatning missiyasi aholi orasida ayollar tomonidan yaratilgan sanʼatni tasavvur qilish va ko‘ra olish ko‘nikmalarini har tomonlama oshirishdir. Shuningdek, ayollar nigohi va qo‘llari orqali loyihalar va mahsulotlar yaratish. 

Qizlar ishtirokchilari orasida rollar taqsimlanadimi?

Qizlar: Ha va yo‘q. Bizda “boshqaruvning” gorizontal tizimi. Jamoaviy faoliyatda biz yaxshi tushunadigan va his etadigan faoliyatni bajaramiz, shuningdek, nomaʼlum mavzular ummoniga sho‘ng‘iymiz. Tajriba qilib bir-birimizdan o‘rganamiz, loyihadan loyiha sari dugonalik rishtalari mustahkamlanaveradi.

Loyihaning butun faoliyati davomida qanday qiyinchiliklarga duch kelgansiz? 

Qizlar: Jamoaning har bir ishtirokchisi uchun "being a part of Qizlar" — bu ilk faoliyat hisoblanmaydi. Biz korporativ sektor, faollar medialarida ishlaymiz, farzandlarimiz bor, oilamiz va yaqinlarimizga g‘amxo‘rliq qilamiz, o‘zimizni va mustaqilligimizni anglab bormoqdamiz, hayot kechiramiz. Shaxsiyatlarimizning ko‘p qavatliligi va har kunlik turfa ishimiz doimiy amaliyotlarimizning zich jadvalini shakllantiradi, shu boisdan jamoaning loyihalari va tashabbuslariga sho‘ng‘ish hamda hissa qo‘shish uchun doim vaqt yetmaydi. Bizningcha, shunday bo‘lib qolsa ham kerak. Biz har dam intilamiz va yaratishni, namoyish etishni va bundanda ko‘prog‘ini istaymiz.

Ammo aynan “being a part of collective” shaxsiyatlarimizning rang-barang qirralari va turfa tajribalarimiz bilan birlashib bizlarni shunday ko‘rinishga keltiradi.

 

Venetsiya biyennalesidagi tajriba haqida

Bu qiyinchiliklar va quvonchlar bilan qo‘shilib o‘ziga xos boshqa olamga sakrashdir. Biz pavilyon ustida ishlash uchun iloji boricha ko‘proq o‘zbekistonlik qizlarni jalb etishga harakat qildik — chunki bu qadriyatlarimizdan biri. 

O‘zbekiston sanʼat va madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi, Toshkentdagi Zamonaviy sanʼat markazi kabi muassasalar bilan hamkorlik qilish biz uchun muhim qadam bo‘ldi. Chunki mamlakatimiz (uning tashqarisida ham) ayollari tomonidan yaratilgan sanʼat yana-da ko‘proq tanilishi va o‘zining asl qiymatini topishini istasak, tarkibiy o‘zgarishlar juda muhim. Yirik davlat institutlari bilan hamkorliksiz tarkibiy o‘zgarishlarga erishib bo‘lmaydi. 

  • Jamoa rejalari


    Rejalar va g‘oyalar ko‘p. Biz doimo (jamoaviy/individual) orzu qilamiz va o‘ylab topamiz. Bizga yoqadigan va bajarishni istaydigan har qanday yumushga kirishamiz. Yonamiz, baʼzida yutqazamiz, ammo keyin yangi tushunchalar, kashfiyotlar va kuch bilan qaytamiz. 

    Rejalar haqida aniqroq to‘xtaladigan bo‘lsak: 

    *Befarq Onalar podkastini rivojlantirish;

    *ishlanma tarzida koreyalik rassom Hyeryung Lee bilan hamkorlikda yaratilayotgan performans;

    *sanʼat va texnolgiyalarga bag‘ishlangan podkast/kurs.

    Shuningdek, shaxsiy uchrashuvlar makonimizga ega bo‘lishni istaymiz, safe zone maydonimizda to‘planishni, uchrashuvlar o‘tkazishni, dam olishni, ishlashni va o‘zimizni xavfsiz his etishni xohlaymiz.

Qizlar jamoasi a’zolari

 

Sofiya Seytxalil — multidissiplinar rassom, fotograf, dizayner, Qizlar hamasoschisi va art-direktori.

Anastasiya Sever — kreativ prodyuser, yozuvchi rassom, Qizlar hamasoschisi va ijrochi direktori.

Mutabar Xushvaqtova — ekobloger, tarjimon, ona, Befarq Onalar podkasti boshlovchisi va Qizlar hamasoschisi. 

Aziza Qodiriy — multidissiplinar rassom va kurator, Qizlar hamasoschisi.

Diyora Tuxtamuratova — savdo sohasida mutaxassis, tarjimon, Qizlar hamasoschisi va tijorat hamkorlari bilan aloqalar bo‘yicha “sehrgar”. 

Alina Olimova — dizayner, illyustrator, muharrir va jurnalist, Qizlar hamasoschisi.

Yulya Saatova — dizayner, Qizlar hamasoschisi va koordinatori.

Maftuna Burxan — grafik dizayner, Befarq Onalar podkasti boshlovchisi va prodyuseri.

Viktorya Rudanovskaya - hisobchi, rakamlar feyasi


Gulnara Xudaybergen — madaniyat va ekologiya faoli, art-mediator, shuningdek, Creative STEM for girls kursi prodyuseri.

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles