Qoraqalpog‘istonlik yosh rassomlar ko‘rgazmasi

120 dan ortiq asar namoyishi

15 Sen 2025
Foto: ayatazimov

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida Qoraqalpog‘istonlik yosh ijodkorlarning ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada zamonaviy san’at tadqiqotchisi va Sorbonne PhD talabasi Dilda Ramazon rahbarligida so‘nggi bir yil davomida yaratilgan 120 dan ortiq asar namoyish etilmoqda.

Ekspozitsiyadan Temur Shardemetov, Baxtiyar Serekeyev, Salamat Babajanov va Nauryz Aytmuratovning asarlari o‘rin olgan. Ular yangi avlod rassomlarining ijodiy izlanishlarini yoritib beradi.

16-sentyabr kuni soat 11:00, 13:00 va 16:00 da Dilda Ramazonning kuratorlik ma’ruzalari bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazma seshanbadan yakshanbagacha, soat 10:00 dan 17:00 gacha ochiq. Manzil: Sharof Rashidov shoh ko‘chasi, 40-uy. Kirish bepul.

Maqolani baham ko'ring

Related articles