Ralph Lauren — 2026-yil bahori

Minimalizm va erkinlik

11 Sen 2025
Foto: Instagram / RalphLauren

Ralph Lauren minimalizm va erkinlikka asoslangan, hissiyotlarni junbishga keltira oluvchi 2026-yil bahor to‘plamini taqdim etdi. Namoyish brendning Madison Avenue‘dagi qarorgohi binosida o‘tkazildi. To‘plamda ayollar uchun erkakcha bichimdagi liboslar, brendning o‘ziga xos saronglari, etagi hilpirab turuvchi ko‘ylaklar, kechki liboslar hamda qora, oq va qizil ranglarning palitrasi taqdim etildi. Matolar orasida parashyut poplini, ipak, zig‘ir tolasi, charm va denim mavjud bo‘lib, ularning birlashishi natijasida murakkab dizayn yuzaga kelgan. 

Shou mehmonlari qatorida Naomi Watts, Jessica Chastain, Ariana DeBose va Ralph‘s Club New York yangi iforining yuzi Asher ham bor edi. Bundan tashqari,  Lauren eng yaxshi ayollar kiyimi dizayneri nominatsiyasida CFDA mukofotiga nomzod etib ko‘rsatildi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles