“Ranglarga burkangan olam” ko‘rgazmasi

Botirali Umarovning atrof-olamga nazar solishi

Foto: afisha.uz

Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida Botirali Umarovning “Ranglarga burkangan olam” nomli ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Ekspozitsiyada O‘zbekistonning madaniy o‘ziga xosligi va ma’naviy boyligini aks ettiruvchi yorqin obrazlar, chuqur ramzlar va hissiy bo‘yoqlar bilan to‘ldirilgan rassomning rangtasvir asarlari namoyish etiladi.

Muallif rang va shakl orqali tomoshabinga atrof-muhitga o‘ziga xos samimiy, falsafiy va ta’sirchan qarashni taqdim etadi.

Ko‘rgazmaning ochilishi 20-iyun kuni soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi. Kirish bepul.

Maqolani baham ko'ring

Related articles