Ranglarimiz nimani anglatadi

“Shaxsiy ranglar” tizimi ichki salohiyatimizni qanday ochib beradi

Fotо: Dupe

Insights Discovery modeli asosida yaratilgan “shaxsiy ranglar” tizimi Karl Yungning shaxs tiplari haqidagi g‘oyalariga tayangan holda insonlarni ustun sifatlariga qarab to‘rt “rang”ga ajratadi. Bu yerda “rang” mistika bilan bog‘liq emas — u shaxs turini ifodalash uchun qulay metafora sifatida ishlatiladi. Ushbu yondashuv yordamida insonning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash hamda salohiyatini to‘g‘ri yo‘naltirish mumkin.

Bu psixologik model keng ko‘lamda kouçing, HR va jamoa boshqaruvida qo‘llanadi. U quyidagilarga yordam beradi:

  • muloqot samaradorligini oshirish;
  • turli kuchli tomonlarga ega xodimlarni tanlash;
  • o‘z reaksiyangiz va motivatsiyangizni tushunish;
  • shaxsiy rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash.

Metodika shaxsiy brend va self-brendingni rivojlantirish, chuqur o‘zini anglash, shuningdek, atrofdagilar bilan samaraliroq muloqot o‘rnatishda ham foydali.

Fotо: Dupe

Bu qanday ishlaydi

Odatda test bir qator savollardan iborat bo‘ladi — ular muloqot uslubi, qaror qabul qilishdagi yondashuv, stressga munosabat va shunga o‘xshash jihatlarni qamrab oladi. Natijada ishtirokchiga ustun rang belgilanadi. Har bir rang muayyan sifatlar, odatiy xulq-atvor va hayotga bo‘lgan qarashlar majmuasini ifodalaydi.

Foto: Dupe

Insights Discovery bo‘yicha to‘rt asosiy tur:

Qizillar — Natijaga yo‘naltirilgan liderlar

Asosiy xususiyatlar: maqsadga intilish, qat’iyat, to‘g‘riso‘zlik. Ular tez qaror qabul qiladi, liderlikka intiladi, jarayondan ko‘ra natijaga e’tibor qaratadi.

Kuchli tomonlari: yuqori mahsuldorlik, ilhomlantirish qobiliyati, ishonchlilik.

Ehtimoliy kamchiliklar: sabrsizlik, keskinlik, boshqalarning his-tuyg‘ulariga yetarlicha e’tibor bermaslik.

Sariqlar — Ilhom izlovchilar

Asosiy xususiyatlar: xarizma, optimizm, boshqalarni jalb eta olish. Ular muloqotni yaxshi ko‘radi, yangi g‘oyalar yaratadi, atrofdagilarni ruhlantiradi.

Kuchli tomonlari: ijodkorlik, oson muloqot qilish, jamoani motivatsiya qila olish.

Ehtimoliy kamchiliklar: izchillik yetishmasligi, tez chalg‘ish, loyihalarni oxirigacha yetkazmaslik.

Fotо: Dupe

Yashillar — Uyg‘unlik posbonlari

Asosiy xususiyatlar: sabr, g‘amxo‘rlik, sadoqat. Ular barqarorlikni, jamoada qulaylikni qadrlaydi, tinglay va qo‘llab-quvvatlay oladi.

Kuchli tomonlari: nizolarni hal qilish qobiliyati, ishonchlilik, empatiya.

Ehtimoliy kamchiliklar: o‘zgarishlardan qochish, qaror qabul qilishda ortiqcha cho‘zilish.

Ko‘klar — Tuzilgan tizimli tahlilchilar

Asosiy xususiyatlar: mantiqiylik, diqqat, tizimlilik. Ular ma’lumotni sinchiklab tahlil qiladi, faktlarga tayanadi, tartib va aniq qoidalarga ahamiyat beradi.

Kuchli tomonlari: analitik fikrlash, aniqlik, detallar bilan ishlash mahorati.

Ehtimoliy kamchiliklar: sovuqqon yoki ortiqcha tanqidchan ko‘rinish, qaror qabul qilishda sustlik.

Fotо: Dupe

Muhimi, har bir insonda barcha to‘rt rangning unsurlari mavjud, ammo odatda bir yoki ikkitasi ustunlik qiladi. Rang profili — bu shaxsning afzal uslubi aksidir, biroq inson boshqa ranglarga xos sifatlarni ham rivojlantirishi mumkin.

Jamoalarda turli ranglarning vakillari bo‘lishi ijodkorlik va muvozanatni oshiradi. Biznesda bu nazariyani xodim tanlashda hisobga olish bo‘limlararo hamkorlikni yaxshilaydi va liderlik sifatlarini rivojlantiradi. Ta’lim sohasida guruh dinamikasi va talabalar kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Shaxsiy hayotda esa — turmush o‘rtog‘i, do‘stlar yoki oila a’zolari xarakteridagi farqlarni tushunishga xizmat qiladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles