Recipes for broken hearts
Sharq qalbidagi ilk biennale jahon sanʼati markaziga aylanishi kutilmoqda

Qadimiy Buxoro bu kuz faslida Sharq afsonasi maqomidan tashqariga chiqib, jahon madaniyatining yangi manzili sifatida dadil namoyon bo‘lmoqda. Asrlar davomida sukunatni saqlab kelgan eski shaharning jin ko‘chalari, karvonsaroy va madrasalarda butun dunyodan kelgan rassom va hunarmandlarning ovozlari yangray boshladi. Zero, bu yerda ilk bor Buxoro biennalesi boshlandi - bu tadbir ko‘hna shaharni sayyoramizning asl art-markaziga aylantirdi.
39 mamlakatdan tashrif buyurgan 200 dan ortiq ishtirokchi 70 dan ziyod noyob loyihalarni taqdim etdi. Bular Anthony Gormleyning ulkan labirinti, Delsy Morelosning hidli installyatsiyasi, Oyjon Xayrullayevaning mozaik pannolari va Hylozoic/Desires ikatidan iborat cheksiz gobelen kabi asarlarni o‘z ichiga oladi. Ahamiyatlisi, har bir loyiha go‘yo an’ana va zamonaviylik, Sharq va G‘arb o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajaradi.
Buxoro biennalesi komissari Gayane Umerova tashabbusi va Diana Campbell kuratorligi ostida bu maskan jahon ustalari o‘zbek hunarmandlari bilan uchrashib, madaniyatlar muloqotini yaratadigan va san’atning yangi tilini shakllantiradigan maydonga aylandi.
Biennale faqat ko‘rgazmalardan iborat bo‘ladi deb o‘ylasangiz, adashasiz. Dasturdan ma’ruzalar, san’at muhokamalari, Markaziy Osiyo bo‘yicha simpozium, “Oshqozon” kafesida kechki ziyofatlar o‘rin olgan. Yakuniy qismda esa san’at, gastronomiya va she’riyat uyg‘unlashgan Don ekinlari festivali bo‘lib o‘tadi.
Mana bir necha yildirki, O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hunarmandlar, rassomlar va xalqaro kuratorlar bilan hamkorlikda an’ana va zamonaviylik yagona madaniy hikoyada uyg‘unlashib ketadigan o‘ziga xos dastur yaratib kelmoqda.
2025-yilning 20-noyabrigacha Buxoro san’at maromida yashaydi, zero uning qadimiy devorlari nafaqat tarixni, balki kelajak quvvatini ham o‘zida saqlab turibdi. Ehtimol, ushbu biennalening eng ajoyib tomoni uning shahar aholisi uchun ham, mehmonlar, sayohatchilar va orzumandlar uchun ham birdek ochiqligidadir balki.
Ilk Buxoro biennalesi dasturi
- Pazandachilik loyihalari
“Oshqozon” kafesi (biennale boshidan oxirigacha)
Konsepsiya: Taomga san’at va hissiy tajriba sifatida qarash.
Chon Kwan (Janubiy Koreya) — biennale ochilish va yopilish chog‘i, “Taom tayyorlash jarayonini meditatsiya sifatida o‘tkazish”.
23–24-sentyabr kunlari: Elena Reygadas (Meksika) — “Yangi dunyo mahsulotlari o‘zbek oshxonasida”.
10–12-oktyabr kunlari: Fatmata Binta (Syerra-Leone) — “Ko‘chmanchi xalqlarning ovqatlanish madaniyatlari”.
Carsten Höller (Germaniya) + Koen Dielman (Niderlandiya) + o‘zbekistonlik bosh oshpazlardan Bahriddin Chustiy va Pavel Georganov — “Taom - fan, san’at va hissiyotlarni bog‘lovchi vosita”.
Loyihalar: tuz va novvot pavilyonida (Laila Gohar, Misr); qovun — afsonaviy in’om sifatida (Abdullo Narzullayev, O‘zbekiston); ziravorlardan haykal (Delsy Morelos, Kolumbiya + Abdulnabil Kamalov, O‘zbekiston); ziravorlar savdosi kashta orqali tasvirlangan 15 metrlik freska (Samah Hijawi, Iordaniya/Belgiya + Ahmad Arabov, O‘zbekiston).
Subodh Gupta (Hindiston) + Pavel Georganov — Hindiston va O‘zbekiston me’morchiligi hamda taomlarini birlashtiruvchi gumbazli installyatsiya.
Don ekinlari festivali (16–20-noyabr) — palov va dunyoning guruchdan tayyorlangan boshqa taomlari an’analari.
- Taʼlim va hunarmandchilik dasturlari
Sakinat uyi (Govkushon madrasasi, XVI a.)
Simpoziumlar, mahorat darslari, performanslar.
6–8 oktyabr kunlari: "Yamoqchilik hunari: O‘zbekistonning madaniyatlararo merosi bo‘yicha simpozium".
Unutilgan hunarmandchilik turlari: abru, miniatyura bo‘yicha mahorat darslari (Davlat Toshev, O‘zbekiston).
“Himoya naqshlari” soyaboni (Suchi Reddy, Hindiston/AQSH), ikat naqshlaridan ilhomlanib yaratilgan asar.
- Musiqiy va performativ loyihalar
Shakuntala Kulkarni (Hindiston) + Buxoro filarmoniyasi — “Musiqa va harakat muloqoti”.
Ajay Noronha (Hindiston) — “Tandir-bachadon” installyatsiyasi.
Majid Al-Remaikhi (Qatar) — “Nasriddin haqidagi xalq og‘zaki ijodi namunalarining buxorolik qo‘g‘irchoqbozlar ishtirokidagi talqini”.
Tarek Atoui (Livan) + o‘zbek sozandalari — “Jonli anʼanalar va musiqa migratsiyasi” mavzusidagi loyiha (21-23 sentyabr).
Hylozoic/Desires (Hindiston/Buyuk Britaniya) — “To‘lin oy paytida karnay sadolari ostida o‘tkaziladigan musiqiy marosimlar” (sentyabr-noyabr).
- Sheʼriy va adabiy dasturlar
16–20 noyabr kunlari: Katia García-Antón kuratorligi ostidagi sheʼriy dastur.
Mavzu: Buxoro "shoirlar shahri" sifatida - Rumiydan Langston Hughesgacha, dostonning zamonaviy qayta talqini.
Shu kunlarning o‘zidayoq Biyennale Buxoroning jahon madaniyati xaritasida markaziy o‘rin egallashi uchun tarix, hunarmandchilik, zamonaviy sanʼat qudrati kabi barcha imkoniyatlarga ega ekanligini isbotlay oldi. Lekin bu hali boshlanishi xolos - birinchi bobdan so‘ng yangi, yana-da yorqinroq sahfilar keladi.
Surat: ACDF axborot xizmati