Saint Laurent “Oazis”da
Qishki to‘plam kampaniyasi

Saint Laurent Winter 2025 to‘plami kampaniyasini taqdim etdi. Yves Saint Laurent va Pierre Bergéning Marrakesh shahridagi sobiq qarorgohi tasvirga olish ishlari uchun lokatsiya sifatida tanlandi. Fotosuratchi — Drew Vickers bo‘lib, u Noor Khan, Lota Blaskovic, Libby Taverner va Ajus Samuel kabi modellarni kadrlarga muhrladi. Anthony Vaccarello to‘plamiga brendning o‘ziga xos rang palitrasida charm va drapirovkalar bilan yaratilgan kechki obrazlar kiradi.
1931-yil rassom Jacques Majorelle uchun bunyod etilgan qarorgoh 1980-yilda yaroqsiz holatga kelib, uning o‘rniga yangi imorat solish rejalashtirilganda Saint Laurent va Pierre Bergé uni saqlab qolishgan. 2008-yildan buyon uning eshiklari tashrif buyuruvchilar uchun ochiq.