Saint Laurent “The Bloody Mix” vinil plastinkasini taqdim etdi
Disk “Xellouin” va “13-bo‘limga hujum” filmlarining saundtreklarini o‘z ichiga oladi

Kelayotgan Xellouin sharafiga Saint Laurent moda uyi Jon Karpenterning “Xellouin” va “13-bo‘limga hujum” filmlari saundtreklari bilan “The Bloody Mix” eksklyuziv vinil plastinkasini taqdim etdi. Disklar 500 nusxada chiqarilgan.
Bundan tashqari, qo‘rqinchli filmlar asosidagi noyob va esda qolarli narsalarni xarid qilish mumkin: Angelo Badalmentining “Qarag‘ay ko‘chasidagi dahshat 3” saundtreklari, Kristofer Dellning “The Occult”, “Witchcraft & Magic: An Illustrated History” kitoblari va “Frankenshteynning kelini” va “Rozmari bolasi” filmlari yozilgan VHS kassetalar.
Plastinkalarni Parijdagi Saint Laurent Babyloné va Los-Anjelesdagi Rive Droite do‘konlaridan xarid qilish mumkin.